Nodirxo'ja Yuldashev AQSHga yo'l oladigan o'zbekistonlik uch nafar futbolchi nomini aytdi

Оқил Абдубарноев
24 may 2026, 21:09
Jahon chempionatiga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasining Amerika Qo'shma Shtatlariga yo'l oladigan 30 nafar futbolchidan iborat tarkibi tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.

Taniqli futbol jurnalisti va insayder Nodirxo'ja Yuldashevning ma'lum qilishicha, mazkur ro'yxatdan Ruslanbek Jiyanov, Jasur Jaloliddinov hamda Sherzod Temirov joy olgan.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH–2026 uchun yo'l oladigan kengaytirilgan tarkib ro'yxatini allaqachon to'liq shakllantirib bo'lgan. Hozirgi vaqtda muxlislar va sport jamoatchiligi faqatgina O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ushbu 30 kishilik ro'yxatning rasman e'lon qilinishini kutmoqda.

Eslatib o'tamiz, musobaqa reglamentiga ko'ra, turnirda qatnashadigan yakuniy qaydnomaga 26 nafar futbolchi kiritiladi. Qolgan 4 nafar o'yinchi esa muqobil zaxira vakili sifatida asosiy jamoa bilan birgalikda AQSHga yo'l oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: t.me/Nadirkhuja