So’nggi yangiliklar

00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  0 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  8 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  4 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  19 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  2 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  71 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  1 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2

Rasul Yo'ldoshev: "Gol urishimizga haddan tashqari ishtiyoq to'sqinlik qildi" Yangiliklar

Rasul Yo'ldoshev: "Gol urishimizga haddan tashqari ishtiyoq to'sqinlik qildi"

Toshkentning "Bunyodkor" klubi Superligani "So'g'diyona"ga qarshi bahs bilan boshladi.

SHiddatli va murosasiz kechgan uchrashuvga shu kuni faqat gol etishmadi, xolos. "Bunyodkor" futbolchisi Rasul Yo'ldoshev saytimiz muxbiri bilan suhbatda ushbu jihatga to'xtaldi va o'yin borasidagi fikrlarini bildirdi. 

- "So'g'diyona" bilan o'yinlar doim qiyin kechgan. Buni so'nggi yillardagi natijalar ham aytib turibdi. Raqib jismonan kuchli hisoblanadi. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Ha, qishki yig'inlarda harakatlarimiz qovushmagan bo'lishi mumkin. CHunki tayyorgarlik paytida turlicha tarkiblar sinovdan o'tkaziladi. Bundan tashqari, o'yinlardan oldin yuklamalar beriladi. Bizga Turkiya yig'ini katta yordam berdi, deb o'ylayman. "Zarya", "Volgar" kabi kuchli jamoalar bilan tengma-teng o'ynadik. Garchi natija o'xshamagan bo'lsada, o'zimizga ishonchimiz ortdi. 

Uchrashuvdan oldin Jizzax jamoasining favorit ekanligi haqidagi gaplarga etibor bermadik. Ular o'tgan mavsum ikkinchi o'rinni egallashgani uchun shunday deyilgan bo'lsa kerak. Biz g'alabaga loyiq edik. Ko'p vaziyatlar yaratdik. Menimcha gol urishimizga haddan tashqari ishtiyoq to'sqinlik qildi. Murabbiyimiz sovuqqonlik bilan harakat qilishimizni takidladilar. Bir kun oldin klubimiz prezidenti Mehriddin Razzoqovich Abdullaev jamoamiz bilan uchrashdilar. Yosh jamoa bo'lishimizga qaramasdan ishonishlarini, har bir uchrashuvda chiroyli futbol ko'rsatishimizni aytdilar. Bu katta motivaciya berdi. Albatta bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Jamoaviy o'yinimizni yanada shakllantirib kuchli bo'lib maydonga chiqishimizga aminman.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика