Sergey Lushchan: "Qo'lni tushirmasdan ishlashda davom etamiz, oldinda Kubok o'yini kutyapti"
20 avg 22:11
Yangiliklar


Sergey Lushchan: "Qo'lni tushirmasdan ishlashda davom etamiz, oldinda Kubok o'yini kutyapti"
- O'yin haqida fikringiz?
- Bunday o'yinlardan so'ng infarkt bo'lib qolish hech gap emas. O'zimizga gol uramiz, o'zimiz qizil kartochka olamiz. Bir kishi kam bo'lib hisobda oldinga chiqib qolamiz, keyin yana gol o'tkazib yuboramiz. Afsus. Lekin qo'lni tushirmasdan ishlashda davom etamiz, oldinda Kubok o'yini kutyapti.
- Qizil kartochkaga munosabatingiz qanday bo'ldi?
- Toza berildi deb o'ylayman. Futbolchi raqibga tikka bordi. Menimcha, kamida uchta o'yinga diskvalifikaciya qilinadi. Futbolchimiz yosh, issiqqon, hali tajribasi katta emas. Shuning uchun shunday bo'ldi. Bunday holat uchrab turadi.
- O'tkazib yuborilgan birinchi golni qanday izohlaysiz?
- Tezkor gol o'tkazdik, darvozabonimiz xatoga yo'l qo'ydi. O'zimizga o'zimiz gol olib keldik. Aslida aybni darvozabonlarga to'nkash og'ir, ular alohida olam, balki bu psixologiya bilan bog'liqdir.
- "Sho'rtan" turnir jadvalida oxirgi o'rinda ekanligi futbolchilaringizga bemalol yutamiz degan fikrni bergan bo'lishi mumkinmi?
- 0:2 hisobida ortda borayotib vaziyatni tenglashtirdik. "Sho'rtan" oxirgi o'rindaligiga qaramadik. Biz qiyin bahs bo'lishini bilardik. Nimayam derdim, yutishimiz kerak bo'lgan o'yinda durang qayd etdik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
BIZDA DARVOZABONLAR MURABBIYI KIM O'ZI? KO'PROQ ISHLASIN MASHG'ULOTLAR PAYTIDA!!!