Sergey Lushchan: "Raqiblarni g'alaba bilan tabriklashdan charchadim"

Administrator
20 avg 2026, 00:01
"Mashal" hamda "Andijon" o'rtasidagi Superliganing 18-tur bahsidan (0:1) so'ng mezbonlar ustozi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Sergey Lushchan: “Mashg'ulotlarda biror narsani ustida ishlaysan. Futbolchilar esa maydonga tushib, hech narsa aytilmagandek, tushintirilmagandek harakat qilishadi. Bu ularning intellekt darajasi bo'lsa kerak. Raqiblarni g'alaba bilan tabriklashdan charchadim. Buning ijobiy jihatlari ham bor. Tarkibni 80% o'zgartirsak kerak. Bugun judayam yosh futbolchilar maydonga tushdi va ular munosib o'yin ko'rsatishdi. Tajribali o'yinchilarda motivaciya umuman qolmaganga o'xshaydi. Ularni tushunaman. Hamma shunday vaziyatda ekanligini tushuntira olmayapman”.

- Vaziyat juda og'ir. Superligada jon saqlab qolish imkoniyatlari…
- Imkoniyat har doim bor. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Nima qilsak ham o'xshamayapti. YO bu futbolchilarning maksimumi, yoki pul nimaligini esdan chiqarib, faqat bazada ovqatlanishyapti. Balki ikkalasidir. Agar Superligada qola olmasak, tarkibni yangilaymiz. Hozir shu bilan mashg'ulmiz. Keyingi bahsda umuman tanimagan ikki futbolchini maydonda ko'rasiz. Ko'nglimiz to'layotgan poziciyalar ham bor. Oxirigacha ishlaymiz, kurashamiz. Imkoniyat bo'lganida, yig'inlar, mavsumoldi tayyorgarliklar bo'lganida futbolchi tanlashimiz mumkin edi. Hozir boriga qanoat qilishga majburmiz.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia