So’nggi yangiliklar

08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  0 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  0 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  1 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  3 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  6 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  7 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  2 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1

OCHL-2. "Andijon"ning guruhdagi raqiblari hamda murabbiy va futbolchilarning quraga munosabati Yangiliklar

OCHL-2. "Andijon"ning guruhdagi raqiblari hamda murabbiy va futbolchilarning quraga munosabati

Teglar :  OCHL-2Andijon
Kuni kecha OCHL-2 musobaqasi guruh bosqichiga qura tashlandi.

Osiyo Chempionlar ligasi-2 turnirining 2025/26 yilgi mavsumiga qura tashlandi. O'zbekistonning "Andijon" klubi "B" guruhida Qatarning "Al Ahli", Turkmanistonning "Arqadag'" va Bahraynning "Al Haldiya" klublari bilan kuch sinashadi. Guruhdagi raqiblarning har biri o'ziga xos kuchli va zaif tomonlarga ega. "Al Ahli" iqtidorli xorijlik va mahalliy futbolchilarga ega, Turkmaniston terma jamoasi asosini tashkil etuvchi "Arkadag'" yaqinda Osiyo Chellenj ligasida bosh sovrinni qo'lga kiritgan. "Al Haldiya" 2020 yil tashkil etilganiga qaramay, tezda ichki chempionatda etakchilar safiga qo'shildi va xalqaro darajada tajriba to'plab bormoqda.

"Al Ahli" 2024/2025 yilgi mavsum Qatar Yulduzlar ligasida to'rtinchi o'rinni egalladi. Aslida turnirga Qatarning uchinchi jamoasi yo'l olishi kerak edi. Uchinchi o'rinni egallagan "Al-Garafa" Qatar amiri kubogini qo'lga kiritgani sababli Elit Chempionlar ligasiga yo'llanma oldi. Shu bois, uchinchi o'ringa ajratilgan chipta to'rtinchi o'rinni egallagan jamoaga berildi.

"Al Ahli" kuchli tarkib va etarli tajribaga ega bo'lganiga qaramay, etakchilarga qarshi hech narsa qila olmagan (jumladan, "Al Sadd"ga 0:5 hisobida yutqazgan) va boshqa o'yinlarda ham darvozasidan ko'p gol o'tkazib yuborgan (Qatar SKga 0:3 hisobida yutqazgan). Ligani 4-o'rinda yakunlagan jamoaning to'plar nisbati -1 ni tashkil etgani ham yuqoridagi so'zlarimizga isbot bo'la oladi.

"Al Ahli"ni xorvatiyalik murabbiy Igor Bishchan boshqaradi. 47 yoshli mutaxassis Xorvatiyaning 21 yoshgacha bo'lgan jamoasi, "Dinamo Zagreb", Saudiya Arabistonining "Al Shabab" klublaridagi faoliyati orqali tanish. Bishchan "Dinamo Zagreb" bilan Xorvatiya chempionati va superkubogida bosh sovrinni qo'lga kiritgan. Shuningdek, "Olimpiya" bilan Sloveniya chempionati va kubogida zafar quchgan.

"Al Ahli" tarkibida ko'plab xorijlik futbolchi mavjud, ayrimlari ikki mamlakat fuqaroligiga ega. Ularning eng mashhuri, shubhasiz, 2014 yilgi jahon chempioni, germaniyalik Yulian Draksler hisoblanadi. 31 yoshli hujumkor yarim himoyachi 2023 yildan beri ushbu klub sharafini himoya qiladi. Shuningdek, niderlandiyalik Mishel Vrap, franciyalik Ibrohim Diallo, ispaniyalik Erik Eksposito kabi iqtidorli futbolchilar jamoa sharafini himoya qiladi.

"Arkadag'" Turkmaniston terma jamoasining asosini tashkil etadi, shu bois, bu jamoaga engil ko'z bilan qarash kerak emas, aksincha, jiddiy yondashish talab etiladi. 

Gurbanguli Berdimuhamedov 2023 yil asos solgan va mahalliy chempionatda shu paytga qadar yutqazish uyoqda tursin, hatto durang o'ynamagan "Arkadag'" o'tgan yil Osiyoning uchinchi darajali musobaqasi hisoblangan Chellenj ligada g'olib chiqdi va Osiyo Chempionlar ligasi-2 yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Qolaversa, turkmanlar mezbonlik uchrashuvlarini suniy qoplamali maydonda o'tkazishadi, bu esa raqiblarga noqulaylik tug'diradi.

2025 yilda "Arkadag'"ning 15 nafar futbolchisi Turkmaniston terma jamoasiga chaqirilgan. Shuningdek, boshqa klub safida termaga jalb etilganlarning ayrimlari huquqiy jihatdan "Arkadag'"ga tegishli hisoblanadi. Yozgi transfer oynasida "Arkadag'" yaqin taqibchisi hisoblangan "Ahal"ning uch nafar o'yinchisini tarkibga qo'shib oldi, bu esa ularning yanada kuchayganidan dalolat beradi. Jamoaga Ahmet Allaberdiev murabbiylik qiladi.

"Arkadag'" mahalliy chempionatda joriy mavsum bilan qo'shib hisoblaganda, ketma-ket 71 o'yindan beri g'alaba qozonmoqda, biroq Chellenj ligada 8 o'yinning 2 tasida yutqazdi.

2020 yil tashkil etilgan "Al Xolidiya" tezda Bahrayn futbolida g'ayrioddiy yuksalishni boshdan kechirdi. Birinchi mavsumidayoq (2020-21) ular faqat bitta mag'lubiyat bilan 2-o'rinni egallab, Bahrayn ikkinchi divizionidan yuqoriga ko'tarilishdi. Keyinchalik, klub o'z mavqeini mustahkamlab, ketma-ket ikki mavsumda: 2022/23 va 2023/24 yilgi mavsumlarda chempionlikni qo'lga kiritdi. 

"Al Xolidiya" 2024/25 yilgi Bahrayn Qirollik kubogi sohibiga aylangan. Mahalliy chempionatda esa ikkinchi o'rinni egalladi. Ali Ashur jamoa bosh murabbiyi hisoblanadi. 43 yoshli bahraynlik murabbiy faoliyati davomida asosan, mahalliy klublarni boshqargan. Shuningdek, Kuvaytda bir yil ishlagan. Ali Ashur o'zi ishlagan deyarli barcha klubda mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan.

"Al Xolidiya" yozda sezilarli kuchayishga erishdi. Jamoaning eng qimmatbaho futbolchisi marokashlik Ayub Al Amlud hisoblanadi (800 ming evro). 31 yoshli o'ng qanot futbolchisi yozda Eronning "Persepolis" klubidan kelib qo'shildi. Shuningdek, "Sidney"dan Anas Uahim jalb etildi. Qolaversa, tarkibdagi ko'pgina futbolchilar Bahrayn terma jamoasi azosi hisoblanadi.

Qura haqida "Andijon" bosh murabbiyi va futbolchilarning fikri qanday?

"Andijon" klubi matbuot xizmati bosh murabbiy Maksim Shackix va bir necha jamoa azolarining OCHL-2 qurasi haqidagi fikrlarini elon qildi.

Maksim Shackix: "Qurani hech qachon ko'rmayman. Chunki baribir hamma bilan o'ynash kerak. Bu erda kuchsiz jamoalar bo'lmaydi. Bizning guruhda “Al-Ahli” top jamoa hisoblanadi. Shuningdek, Bahrayn hamda Turkmaniston chempionlari ham bor. Yaxshi jamoalar. Bu kuchli guruh. Mana, endi biz o'z kuchimizni sinab ko'ramiz".

Erjan Tokotaev: “Yaxshi, teng kuchli guruh, yaqqol favorit yo'q. Hamma jamoalar chiroyli futbol namoyish etishga qodir. Yuqori natija ko'rsatish umidida turnir boshlanishini kutmoqdamiz”.

Islom Mamatkazin: “Qurani biz o'ylagandek o'tdi, desa ham bo'ladi. Jamoamizdagi ko'plab futbolchilar bilan birga guruhimizda “Al-Nassr” bo'lishini xohlagandik. Xudo xohlasa, yaxshi o'yinlar ko'rsatib, guruhdan chiqsak pley-offda “Al-Nassr” bilan o'ynash nasib qiladi, deb o'ylayman”.

Otabek Jo'raqo'ziev: “Quraga keladigan bo'lsak, zo'r jamoalar tushdi, deb o'ylayman. Qatarda chempionat endi boshlandi. Raqibimiz bitta uchrashuv o'tkazdi. Turkmaniston chempionati davom etmoqda, raqibimiz hali birorta uchrashuvda mag'lub bo'lgani yo'q. Bahrayn chempionatiga kelsak, ular ham mamlakatning grand klublaridan biri hisoblanadi. Bizni oldinda juda ajoyib uchrashuvlar kutib turibdi. Bo'lajak o'yinlarda muhim g'alabalarni qo'lga kiritib, keyingi bosqichga chiqish uchun harakat qilamiz hamda muxlislarimizni xursand qilamiz”.

Bektemir Abdumannonov: “Qurada Saudiya klubi - “Al-Nassr” tushishini kutgandim. Yaxshi raqiblar bo'ldi. Guruhdan chiqishimizga imkoniyatimiz ko'proq. Qatar, Bahrayn va Turkmanistonni yaxshi jamoalari ro'baro bo'ldilar. Munosib o'yinlar ko'rsatib, keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. Balki keyingi bosqichlarda “Al-Nassr” bilan to'qnash kelib qolsak kerak. Ronalduga qarshi o'ynash niyatimiz  bor. Guruhda maksimal ochkolarni to'plashga bor kuchimizni ishga solamiz. Hammasi yaxshi raqiblar. Ochkolarni ko'paytirishga harakat qilamiz. Balki finalgacha borarmiz. Omad kelsa ko'p narsa hal bo'lib ketishi mumkin. Muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz”.

"Andijon" klubi o'rin olgan guruhning Osiyo Chempionlar ligasi-2 turniridagi taqvimi

1-tur

17 sentyabr (chorshanba)

“Arkadag'” (Turkmaniston) - “ANDIJON” (O'zbekiston)

“Al-Ahli (Qatar) - “Al-Xaldiya” (Bahrayn)

---------------------------------------------------

2-tur

1 oktyabr (chorshanba)

“ANDIJON” (O'zbekiston) - “Al-Ahli” (Qatar)

“Al-Xaldiya” (Bahrayn) - “Arkadag'” (Turkmaniston)

---------------------------------------------------

3-tur

22 oktyabr (chorshanba)

“ANDIJON” (O'zbekiston) - Al-Xaldiya” (Bahrayn)

“Al-Ahli” (Qatar) - “Arkadag'” (Turkmaniston)

---------------------------------------------------

4-tur

5 noyabr (chorshanba)

“Arkadag'” (Turkmaniston) - “Al-Ahli (Qatar)

“Al-Haldiya” (Bahrayn) - “ANDIJON” (O'zbekiston)

---------------------------------------------------

5-tur

29 oktyabr (chorshanba)

“Al-Xaldiya (Bahrayn) - “Al-Ahli” (Qatar)

26 noyabr (chorshanba)

“ANDIJON” (O'zbekiston) - “Arkadag'” (Turkmaniston)

---------------------------------------------------

6-tur

24 dekabr (chorshanba)

“Arkadag'” (Turkmaniston) - “Al-Xaldiya” (Bahrayn)

“Al-Ahli” (Qatar) - “ANDIJON” (O'zbekiston)


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

+5   
17 avg 12:28:23
Saidjahon
Бандасинимас Аллохни айтгани булади.Шунинг учун Аллохдан жамоамизга галабалар сураб коламиз.Йирик хисобда ютказади гурухдан чиколмайди деган гаплар бу тахминмас бу уларни кора нияти холос.
+4   
17 avg 12:53:19
Saidjahon
Xojiakbar foydalanuvchining fikriga javob berish
Yaxshi niyat qilib turibmiz. Guruhdan chiqadi to'rtinchi o'rinda.
Яна кайтараман сен оддий бир бандасан сени айтганинг булмайди хохлаганингча ният кил бу сени аслида кимлигини курсатиб беради холос.
+2   
17 avg 19:19:07
uzbuzb
Saidjahon foydalanuvchining fikriga javob berish
Илтимос ниятинглар яхши булса кириб омад тилаб куйинглар ёмон булса узиз билинг холос бу ерга кирволиб одамларни назаридан колиб фикр колдирмасдан.Балки сизни жамоангизга ракибдир лекин хозир ватан номидан Осиёда уйнайди узизни шахсий адоватингизни ватан шаънидан устун куйманг.
Нотуғри фекир,бу футбол,сиёсат эмас,футбол хамма уз қарашларини очиқ ифода қилса фекирлар ранг баранг чиройли чиқади,агар хамма туйда келин киёвни мақтагандек зурма зураки мақтаб ташласа фекирлар булимини уқишни хожати хам қолмайди, футбол сайтларида азалдан темадан кура фекирлар қизиқарли булиб келябди,тушинаман биз узбекларга жамоамизни кимдир ютқазади у бу деб негатив фекир билдирса кутара олмаймиз,лекин танқидий фекирлар хам уринли булса индамай қабул қилсакина жамоаларимизда усиш булади,чапак чалиб олқишлаб мақташни узи билангина нетолка футбол бошқа сохаларда хам узоқа бориб булмайди
+2   
17 avg 19:09:40
Muzaffar
Инша Аллох Андижанка дунёга шарманда булади
+2   
17 avg 16:46:18
Job Ir
Ррр foydalanuvchining fikriga javob berish
КУТсан ,команденам КУТ сенга плюс босганлархам КУТ. Сенлар дуст булмайсан.
Сан мусор узинг кимга дуст булгансан
+2   
17 avg 14:21:15
Бахтиёр Ашуров
Андижон гуруҳда рақиблари билан бемалол ўйнаса бўлади. Кейинги босқичга чиқса керак!
+2   
17 avg 12:58:45
Saidjahon
Илтимос ниятинглар яхши булса кириб омад тилаб куйинглар ёмон булса узиз билинг холос бу ерга кирволиб одамларни назаридан колиб фикр колдирмасдан.Балки сизни жамоангизга ракибдир лекин хозир ватан номидан Осиёда уйнайди узизни шахсий адоватингизни ватан шаънидан устун куйманг.
+1   
17 avg 19:30:59
Job Ir
Ррр foydalanuvchining fikriga javob berish
Сенга нима тасир килябди КУТбашара. Шу фитначи исловотни шеригимисан?
Хамма сани кутингга сикганми дейман. Хаммани кут деябсан.
+1   
17 avg 17:21:05
Saidjahon
Максуд Умаралиев foydalanuvchining fikriga javob berish
Худо хохласа гурухдан 1-уринни олиб чикади, плей-оффда Андижонга бориб бирга мухлислик киламиз
Рахмат дустим бор булинг бизни жамоага нимаики яхшилик тиласез сизни жамоангизга бунданда афзалини тилайман.
+1   
17 avg 16:06:19
Максуд Умаралиев
Saidjahon foydalanuvchining fikriga javob berish
Илтимос ниятинглар яхши булса кириб омад тилаб куйинглар ёмон булса узиз билинг холос бу ерга кирволиб одамларни назаридан колиб фикр колдирмасдан.Балки сизни жамоангизга ракибдир лекин хозир ватан номидан Осиёда уйнайди узизни шахсий адоватингизни ватан шаънидан устун куйманг.
Худо хохласа гурухдан 1-уринни олиб чикади, плей-оффда Андижонга бориб бирга мухлислик киламиз
+1   
17 avg 15:15:21
Obidjon
Olgʻa BURGUTLAR deb yozgandim. Burgut rasmini qoʻyib. Bu soʻroqqa aylanib qolibdi. Omad Andijon jamoasiga.
+1   
17 avg 15:13:51
Ррр
Saidjahon foydalanuvchining fikriga javob berish
Илтимос ниятинглар яхши булса кириб омад тилаб куйинглар ёмон булса узиз билинг холос бу ерга кирволиб одамларни назаридан колиб фикр колдирмасдан.Балки сизни жамоангизга ракибдир лекин хозир ватан номидан Осиёда уйнайди узизни шахсий адоватингизни ватан шаънидан устун куйманг.
Ассалам алейкум. Сизни анчадан бери кузатаман. Аллох рози болсин иложи борича яхши гаплар билан ёзасиз шу ифлосларга. Лекин булар дуст булмайди. Булар юзма юз куркишади биздан. Факат клавиатура оркали шунака полвон. Ичи кора гейларди
+1   
17 avg 13:24:18
Бек 75
Андижонда омад
   
17 avg 21:25:44
Ррр
Fayzullo Turgunov foydalanuvchining fikriga javob berish
Гулбахор сендей кутлар билан дуст булмеди андижонликлар эрке болар сенлпр хунаса гулшунос гейсанлар
Эй йирик. Хела хела кима крыса. Келиб келиб сендакалар билан дуст буладими одам. Узларинам уяласну кайси шахардансан деса. Огзини тулдириб водийданман дейишдан бошка нарсани билмайсанлар
   
17 avg 21:23:28
Ррр
Job Ir foydalanuvchining fikriga javob berish
Хамма сани кутингга сикганми дейман. Хаммани кут деябсан.
Кочибкет эй ам. Сенгамас мен билан тортишиш
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика