Ilyos Zeytullaev: "Jamoam g'alabaga munosib edi"
18 avg 10:23
Yangiliklar


Ilyos Zeytullaev: "Jamoam g'alabaga munosib edi"
Uchrashuvdan so'ng "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev fikrlarini bildirdi.
"O'yin o'ziga yarasha bosim ostida o'tdi deya olaman. Yigitlar oldilariga qo'yilgan vazifani uddalay olishdi, chunki oxirgi uchrashuv omadsiz yakunlangandi. Ular g'alabaga munosib edilar. Ilk daqiqadan oxirgi soniyagacha kurashdan to'xtashmadi. G'alaba bilan klubdagi barchani tabriklayman. Umid qilamanki, biz shunday ishlashda va oldinga intilishda davom etamiz",- deydi Ilyos Zeytullaev.
- Matiya Krivokapich asosiy tarkibda maydonga tushdi va gol+pas qayd etdi. Uning o'yinini qanday baholaysiz?
- U yosh va iqtidorli, potenciali bor futbolchi. Biz hujumchi qidirayotganimizda shunday tipdagisini tanlashga urindik. Yosh, to'p bilan, texnik tomondan yaxshi harakat qila oladi. U o'z mahoratini, nimalarga qodirligini ko'rsatdi. Agarda shunday ishlashda davom etsa xursand bo'lamiz.
- "Buxoro" gol urganidan so'ng "Bunyodkor" futbolchilari bir necha daqiqaga "o'chib" qolgandek bo'ldi. Buning natijasi o'laroq "Buxoro" futbolchilari ikkinchi golni urib ketishi mumkin edi. Sizni bu vaziyatga fikringiz?
- Bu futbolda bo'ladigan holat, shuning uchun ham futbol qiziqarli sport turi. Ularga 1:1 qilgan vaqtida ruhan oson emasdi. Buni yaxshi tushunaman, chunki o'tgan yili biz "Buxoro" turgan o'rinlarda edik. Jon saqlash yo'lida kurashish oson bo'lmasligi aniq, chunki Superligada oddiy o'yinlar yo'q. Hamma jamoalar bir-biri bilan kurashyapti. O'zbek futboli bundan o'sishga erishmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar