"Nyukasl" 40 mln funtga hujumchi sotib olmoqchi
20 avg 20:21
Yangiliklar


"Nyukasl" 40 mln funtga hujumchi sotib olmoqchi
Hujumchi "Brentford"dan o'zini qo'yib yuborishni so'radi.
"Nyukasl" Yoan Vissa bo'yicha yangi taklifni o'rtaga tashladi. "Nyukasl" 28 yoshli hujumchi transferi uchun "Brentford"ga 35 million funt sterling va 5 million funt sterlinglik bonus taklif qilganini jurnalist Ben Jeykobs xabar qilmoqda.
Futbolchining o'zi hozirgi klubidan ushbu taklifni qabul qilishni so'ragan, deb yozmoqda Fabricio Romano. Vissaning fikricha, o'rtada kelishuv bor va "Brentford" uni muammosiz qo'yib yuborishi lozim.
Yoan o'tgan mavsumda Angliya Premer-ligasida 35 ta o'yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar