Rasman: "Milan" A Seriyada porlayotgan hujumchini sotib oldi
24 jan 2019 03:04
Yangiliklar


Rasman: "Milan" A Seriyada porlayotgan hujumchini sotib oldi
Biroz avval "Milan"da ijara asosida o'ynayotgan Gonsalo Iguain "CHelsi"ga o'tgani haqida xabar bergan edik.
Rasman: Iguain "CHelsi" futbolchisi FOTO
Milanliklar tez fursatda uning o'rniga sotib olingan hujumchi transferini ham elon qilishdi.
Polshalik forvard Kshishtof Pentek rasman "Milan"ga o'tdi. "Rossonerlar" 23 yoshli futbolchi uchun "Jenoa"ga 35 mln evro to'lashdi. SHartnoma 2023 yilning yoziga qadar imzolandi.
Pentek joriy mavsum "Jenoa" tarkibida barcha musobaqalarda 21ta o'yin o'tkazdi va 19ta gol urdi. U oldinroq Polshaning "Krakoviya" klubida to'p tepgan.
Pentek shartnoma imzolash uchun Milan shahriga etib kelgan payt.
Italiya chempionati turnir jadvali >>> A Seriya
O’xshash yangiliklar

Fikrlar