Rasman: Fyodor Smolov - "Selta" futbolchisi
31 jan 2020 19:52
Yangiliklar
Rasman: Fyodor Smolov - "Selta" futbolchisi
"Selta" rasmiy sayti Rossiya termasi futbolchisi Fyodor Smolovning transferini elon qildi.
Hujumchi Moskvaning "Lokomotiv"idan mavsum yakuniga qadar ijaraga olindi.
Bugun futbolchi "Selta" tibbiy ko'rigidan o'tdi va shartnomaga imzo chekdi.
Ushbu mavsumda 29 yoshli forvard RPLda 14 o'yinda 3tadan gol va hammualliflikni qayd etgandi.
Ayni damda "Selta" 17 ochko bilan LaLiga turnir jadvali 18-pog'onasini egallab turibdi.
Fikrlar