So’nggi yangiliklar

16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  0 16:21Ўзбекистонда ёзги трансфер ойнаси қачон очилади?   7 16:15ЦСКА собиқ ҳужумчиси қамоқдан озод этилди  0 15:47"Футбол олами". "Динамо", "Бунёдкор" ва "Шўртан" дастлабки чорак финалчилар  0 15:39Гвардиола: "Кейинги учрашувда 10 нафар янги ўйинчи майдонда бўлади..."  4 15:15"Ливерпуль" швециялик ҳужумчи учун 100 млн фунт таклиф қилмоқчи  3 14:46"Ал Ҳилол" Рафаэл Леауни нишонга олди  1 14:20Факт: "Хоразм" 21-асрда меҳмонда "Сўғдиёна"ни ютмаган  2 13:55"Милан" собиқ ҳимоячиси "Юве Стабиа" бош мураббийига айланди  0 13:25Куртуа "Ал Ҳилол" билан дуранг бўйича тушунтириш берди  2 12:58"Хоразм" – "Навбаҳор" ўйини қаерда ўтади?  2 12:36Роналдунинг собиқ термадоши "Ал Насср" бош мураббийи бўлиши мумкин  2 12:09Самарқанд футболида қайта уйғониш даври: Абрамов қурган “Динамо” ҳақида  10 11:53Абдуқодир Ҳусанов – Осиёнинг энг қиммат футболчиларидан бири!  16

Rasman: Futzal Uyushmaci tugatildi Yangiliklar

Rasman: Futzal Uyushmaci tugatildi

Teglar :  Futzal
O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Professional Futbol Ligalarining tarkibiy tuzilmalarida futzal, plyaj futboli va ayollar futboli bilan shug'ullanadigan yangi lavozimlar tashkil qilindi.

Bundan tashqari, futbol bo'yicha sport mahoratini oshirish Respublika oliy maktabi qoshida ham shu soha bilan shug'ullanadigan murabbiylar guruhi ish boshladi. SHu munosabat bilan O'zbekiston Futzal Uyushmasi hamda O'zbekiston ayollar futboli va plyaj futboli uyushmasi tugatiladigan bo'ldi.

Futzal, ayollar futboli va plyaj futbolining taraqqiyoti, murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, terma jamoalarni musobaqalarga tayyorlash va yuborish, shuningdek, milliy chempionat o'yinlarini tashkil qilish va o'tkazishni shu yilning oktyabr oyidan etiboran O'zbekiston Futbol Federaciyasi o'z nazorati ostiga oladi.

O'zbekiston Professional Futbol Ligasining Sport bo'limida ham futzal, ayollar futboli va plyaj futboli bo'yicha musobaqalar o'tkazishga masul bo'linma ham ish boshlaydi. Ushbu bo'linma O'zbekiston Futbol Federaciyasining shu sohani nazorat qiladigan boshqarmasi bilan kelishgan holda ish olib boradi.


Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика