Rasman: Endi APLda ham qishki tanaffus bo'ladi, biroq...
08 iyu 2018 17:18
Yangiliklar


Rasman: Endi APLda ham qishki tanaffus bo'ladi, biroq...
2019/2020 yilgi mavsumdan keyin Angliya Premer-ligasida ikki haftalik qishki tanaffus bo'ladi.
Liga rahbariyati futbolchilar evrokuboklarning bahorgi bosqichidan oldin jamoalarning biroz dam olishi uchun ushbu tizimga qo'l urmoqda.
Tanaffus vaqtida ham o'yinlar bo'ladi. Avvaliga bir turning 5 uchrashuvi o'tkaziladi. Keyingi haftada esa qolgan 10 jamoa 5 uchrashuvda maydonga tushadi.
Angliya kubogida ham kichik o'zgarishlar bo'ldi. Liganing 5-raundigacha bo'lgan o'yinlar haftaning o'rtasida bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvlari esa bekor qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar