Rasman: "Al Ittihod" ikki nafar janubiy amerikalik futbolchilarni transfer qildi
10 iyu 2019 18:41
Yangiliklar


Rasman: "Al Ittihod" ikki nafar janubiy amerikalik futbolchilarni transfer qildi
Jiddaning "Al Ittihod" klubi o'z tarkibini ikki mahoratli futbolchilar bilan to'ldirib oldi.
CHilining "Palestino" klubida o'ynayotgan 35 yoshli Luis Ximenes Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzoladi. U oldin ham arab klublarida o'ynagan. "Al Ahli", "Al Nasr", "Al Arabi", "Al Garafa" va "Qatar SK"lar shular jumlasidandir.
Emiliano Vechino ham buyog'iga Jidda klubi sharafini himoya qiladi. U Braziliyaning bir qator klublarida o'ynashdan tashqari "Qatar SK" hamda "SHabob Al Ahli" jamoalarida o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, Jidda klubini hozirda chililik Xose Luis Serra boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar