So’nggi yangiliklar

11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  0 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  10 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  4 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8

Luidji Di Biyadjo: "Musobaqaga qiyin holatda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz" Yangiliklar

Luidji Di Biyadjo: "Musobaqaga qiyin holatda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz"

Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi ustozi Luidji Di Biyadjo "Mirabror Usmonov Cup-2025" startidan avval musobaqa haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Janob Biyadjio ertaga start oladigan "Mirabror Usmonov Cup-2025"ga Saudiya Arabistoni qay tarzda tayyorgarlik ko'rdi? Saudiyalik futbolchilar hozirgi kunda o'z klublari bilan mavsum oldi yig'inlarida ishtirok etayotgan edi...

- Biz ushbu musobaqaga qiyin holatda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Sababi barcha futbolchilar terma jamoa ixtiyoriga klublaridagi yig'inlardan so'ng etib kelishdi. To'liq tarkib yig'ilmagan, ayrim etakchilarimizni klublari qo'yib yubormadi va ayrim o'yinchilar jarohat olishgan. Toshkentga olib kelgan tarkibimizda yangi futbolchilar ko'p. Ularga ushbu musobaqada imkoniyat berib ko'ramiz. Biroq ushbu holatda ham jamoa yaxshi tayyorgarlik ko'rdi deb hisoblayman va biz ertangi o'yinga tayyormiz.

- Musobaqadagi raqiblar O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari haqida fikr bildirib o'tsangiz. Saudiya Olimpiya terma jamoasi Osiyo "grand"lariga qarshi o'ynashga qanchalik tayyor?

- Ushbu mini-turnirda qitaning eng katta jamoalari ishtirok etyapti. O'zbekiston terma jamoasi yaqinda Jahon chempionatiga chiqdi, va sizning mamlakatingiz Osiyodagi eng yaxshi futbol maktablaridan biriga ega. Yoshlar terma jamoangiz ham so'nggi Osiyo Kuboklarida yaxshi ishtirok etib kelmoqda, ammo biz barcha raqibga qarshilik ko'rsatishga tayyormiz.

Yaponiya ham Osiyodagi katta nomlardan biri. Umumiy qilib aytganda, qiziqarli musobaqa bo'ladi. 



Eslatib o'tamiz, "Mirabror Usmanov Cup-2025" musobaqasidan o'rin olgan O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 uchrashuvi ertaga soat 20:00da "JAR" stadionida bo'lib o'ttadi.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi



Reyting: +2   

Fikrlar

   
22 iyu 08:00:50
sherali
Burhonbek Abdumo'minov foydalanuvchining fikriga javob berish
Oʻzini singlisiga uylangan shumidi
Dino Badjo
   
22 iyu 07:59:54
sherali
Dino Badjo u,bu emas.
   
22 iyu 05:35:37
Burhonbek Abdumo'minov
Tulkin Alimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Бу Ди Биаджо деганларидан ҳатто Италияликлар ҳам нафратланади. Саудияликларга нималар бўлябди ўзи, кимларни олиб келишябди юртларига.
Oʻzini singlisiga uylangan shumidi
   
22 iyu 00:11:30
Tulkin Alimov
Бу Ди Биаджо деганларидан ҳатто Италияликлар ҳам нафратланади.
Саудияликларга нималар бўлябди ўзи, кимларни олиб келишябди юртларига.
   
22 iyu 00:07:24
Hilol
Яюши ўйинчи бўлган
   
21 iyu 23:20:46
BXZ BXZ
Ишкилиб Футбол ёки Спорт канали олиб берармикин ёки игнорми .
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика