Rahimjon Davronov: "Navbahor"dagi kelajagimga ishonmadim"
19 noy 2022 19:12
Yangiliklar
Rahimjon Davronov: "Navbahor"dagi kelajagimga ishonmadim"
Posbon namanganliklar safida zaxirada qolib ketdi. Samvel Babayan ayni vaqtda O'tkir Yusupovga imkoniyat bergani sabab Davronovni zaxirada qoldirishga qaror qildi.
"Navbahor" uchun 2022 yilgi mavsum yomon o'tgani yo'q. Maqsadimiz Osiyo CHempionlar Ligasiga yo'llanma olish edi. Biz so'nggi turga qadar chempionlik uchun harakat qildik. Ammo ozgina omad etishmadi. Birinchi mavsum uchun yomon natija qo'lga kiritilmadi. O'ylaymanki, mavsum yaxshi yakunlandi.
To'g'risi, "Navbahor"dagi kelajagimga ishonmadim. CHunki menga imkoniyat juda kam berildi. O'yin amaliyotisiz qolishni istamayman. Klub bilan o'zaro shartnoma muddati ham yakunlandi.
Superliga klublaridan takliflar bor. Endi shoshilmasdan, yaxshilab o'ylab, yakuniy qarorga kelaman.
Aslida klub meni xarid qilgandi. SHu sabab "Navbahor"ga o'tgandim. O'ylaymanki, endi yanada yaxshi bo'ladi", – deb o'z fikrlarini yakunladi Davronov.
Fikrlar