Namangan viloyati hokimi "Markaziy" stadioniga tashrif buyurdi
14 jan 2025 22:15
Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi "Markaziy" stadioniga tashrif buyurdi
Yangi mavsum oldidan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkatjon SHokirjanovich Abdurazzoqov "Navbahor" uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Markaziy" stadioniga tashrif buyurdi.
"Viloyatimiz rahbarini Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzaev va "Navbahor" PFK vice-prezidenti Otabek Samatov boshchiligidagi klub hamda "Markaziy" stadioni rahbariyati va xodimlari kutib olishdi.
SHavkatjon Abdurazzoqov "Markaziy" hamda zaxira stadionlari maydonlari, klub qarorgohini yangi mavsumga puxta tayyorlash, OFK, O'FA hamda PFL talablariga javob beradigan darajada hozirlash, shuningdek, zaxira stadionidagi fitnes zalini bu yilgi mavsum boshlanguniga qadar qurib bitkazish borasida mutasaddilarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berdi", — deyiladi klub xabarida.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar