Namangan viloyati hokimi "Markaziy" stadioniga tashrif buyurdi

Alisher
14 yanv 2025, 22:15
Yangi mavsum oldidan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov "Navbahor" uy uchrashuvlarini o'tkazadigan "Markaziy" stadioniga tashrif buyurdi.

"Viloyatimiz rahbarini Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzaev va "Navbahor" PFK vice-prezidenti Otabek Samatov boshchiligidagi klub hamda "Markaziy" stadioni rahbariyati va xodimlari kutib olishdi.

Shavkatjon Abdurazzoqov "Markaziy" hamda zaxira stadionlari maydonlari, klub qarorgohini yangi mavsumga puxta tayyorlash, OFK, O'FA hamda PFL talablariga javob beradigan darajada hozirlash, shuningdek, zaxira stadionidagi fitnes zalini bu yilgi mavsum boshlanguniga qadar qurib bitkazish borasida mutasaddilarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berdi", - deyiladi klub xabarida.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати