So’nggi yangiliklar

09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6

Maqsadi ulug', mediasi quruq Yangiliklar

Maqsadi ulug', mediasi quruq

2021 yil fevral oyida klublarimizning matbuot xizmatiga nisbatan munosabati haqida maqola yozgan edim.

Qo'shiqning fonogrammasi yaxshimi yoki jonlisi?!

Oradan yillar o'tsa ham muammo hamon aktual bo'lib qolmoqda.

"Bunyodkor" klubi o'tgan yil Superligada qolish uchun katta pul sarfladi. Yangi mavsum uchun ham yaxshigina transferlarga qo'l urmoqda. Klub bo'lajak mavsumda mavqeini tiklash uchun yaxshigina sarmoya kiritmoqda.

Lekin, o'tgan yili ham, bu yil ham "Bunyodkor"dek katta klubning matbuot xizmati nochor ahvolda. Masalan, klubda fotograf ham, fotoapparat ham yo'q. O'zim foto bilan ham ishlaganim uchun menga bu jabhadagi muammo yaqqolroq ko'rinadi. Qanday qilib bunday klubda na fotograf, na fotoapparat bo'lmasligi mumkin?

Klubning har qadamini yoritib boradigan matbuot kotibi har safar boshqa fotograflardan iltimos qilib rasm so'raydi. "Bunyodkor" matbuot xizmatidagilar boshqa fotograflardan iltimos qilib rasm so'rab yurishi klub uchun juda uyatli holat. Idealda istalgan klub bunday holatni isnod deb qabul qilishi lozim.

Baraka topgurlar, byudjetdan ozgina mablag'ni matbuot xizmatini rivojlantirishga ham sarflanglar. Bu faqat "Bunyodkor"ga emas, hamma klublarimizga tegishli.


Matbuot xizmatida etarlicha xodimlari yo'q klublarimiz ko'p, bazilarida xodim bo'lsa ham etarli texnika olib berilmagan. Matbuot xizmatidagilar ham odammi degan shiorga amal qilishni to'xtatmasak bu hol o'nglanmaydi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика