So’nggi yangiliklar

18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  0 17:55"Динамо" Майкон Дуглас билан бир ярим йиллик шартнома имзолади  1 17:41Эшитдик-да! "Пахтакор" футболчиси легионерга айланиши мумкин  4 17:31Ўзбекистон U-16 Хитойдаги халқаро мусобақада иштирок этади  0 17:15Расман: Элдорбек Суюнов - “Навбаҳор” футболчиси!  6 16:55"Бунёдкор" Абдунабиев, Итсуки Урата ва Луис Качоррини рўйхатдан ўтказди   0 16:34"Машъал" 4 нафар футболчини таркибга қўшиб олди  1 16:20"Нефтчи" футболчиси БАА чемпионатига йўл олди  3 16:03"Милан" Италия ўсмирлар футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 15:40Фабрицио Романо: Бугун Эмерсоннинг "Милан"га трнасфери ҳал бўлади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистон эртага Доминикан Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  24 14:29Эндрик "Реал"да 9-рақамда тўп тепмоқчи. Мбаппе 10-рақамни олгач, у ниятига етишига ишонмоқда  1 14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  2 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи роль ўйнади"   28 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  5

Quyi ligada umuman o'ynamagan hujumchi yoxud Bahriddin Vahobov 15 yildan so'ng yana “Surxon”ga qaytdi Yangiliklar

Quyi ligada umuman o'ynamagan hujumchi yoxud Bahriddin Vahobov 15 yildan so'ng yana “Surxon”ga qaytdi

Qishki transfer oynasida futbolchilarning u jamoadan bu jamoaga o'tishi doimo muxlislarning diqqat markazida turishi shubhasizdir.

O'tgan haftada etiborga molik o'tishlardan biri bu – Bahriddin Vahobovning “Surxon” qaytishi bo'ldi. Negaki, tajribali hujumchi bungacha super liga vakili “Buxoro” tarkibida bo'lajak mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan tajribali hujumchi kutilmaganda, Termiz jamoasidan tushgan taklifni qabul qildi. O'quvchilarimiz yaxshi eslashsa kerak, 35 yoshli futbolchi katta futbolga aynan “Surxon” jamoasi orqali kirib kelgan.

Bu haqda uning o'zi shunday dedi: - 2002 yilning yoz oylarida Universiada o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgandik. O'sha payt oliy liga vakili “Surxon” jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushib, 3:3 hisobida durang qayd etganmiz. Etiborlisi oliy liga jamoasi darvozasiga kiritilgan uchchala golga ham kamina mualliflik qilgan. O'sha kuni rosti omadim ham chopgandi. Bahs yakuniga etgach, bosh murabbiy Andrey Pavlovskiy meni o'z jamoasiga chaqirgan. Tabiiyki “Surxon”ning taklifini rad eta olmasdim. Aksincha xursandchiligim cheksiz edi.

21 yoshidayoq birdaniga asosiy jamoaning azosiga aylangan futbolchi xatto o'rinbosarlar tarkibida ham o'ynamasdan oliy ligada debyut qilishga muvaffaq bo'lganini ko'pchilik yaxshi bilmasa ham kerak. Qiziq, bu qanday amalga oshgan?

-“Surxon”ning o'sha yillardagi bosh murabbiyi Pavlovskiy meni darhol asosiy jamoa mashg'ulotlariga jalb etgan. Ikkinchi davra bahslariga rasmiy ro'yxatdan o'tkazib, menga katta ishonch bildirgan. 2002 yilgi chempionatning ikkinchi davra, dastlabki o'yinida “Nasaf”ga qarshi o'yinda murabbiy meni boshlang'ich tarkibda maydonga tushirgan. SHu-shu Andrey Pavlovskiyning yuksak ishonchi va o'z ustimda tinimsiz ishlashim natijasida asosiy tarkibda o'ynab ketganman – deya tarixni esga olib o'tadi Vahobov.


Tajribali hujumchi “Surxon”da so'nggi bor 2003 yili o'ynagandi. Oradan 15 yil vaqt o'tib u yana sobiq jamoasiga qaytdi. Bu qanday amalga oshdi? – Bilsangiz kerak, so'nggi yillarda Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan futbolga bo'lgan etibor ortib bormoqda. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov millionlar o'yiniga juda qiziqadi. Bu inson ilgari Navoiy viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritayotganida mening “Qizilqum”dagi ashaddiy ishqibozlarimdan biri bo'lgan va doimo qo'llab-quvvatlab, ishonch bilan qarardi. To'purar bo'lishim uchun ham muxlislik qilardi. Endilikda Erkinjon Turdimov Surxondaryoda ham futbol ishqibozlarining chanqog'ini qondirish maqsadida jamoaga jiddiy etibor qaratmoqda. U kishi viloyatda yo'q bo'lib ketgan jamoani qayta tikladi va hozirda “Surxon”ning oldiga kuchlilar safiga chiqish vazifasini qo'ydi. Bundan xalq juda mamnun ekanligini yashirmayapti. Yaxshi jamoa shakllantirish uchun jamoaga ishbilarmon menejer ham juda zarurdir. Viloyat hokimi yaqinda “Surxon” jamoasiga futbol fidoiysi Abdug'ani Sanginovni rahbar etib tayinladi. Bu esa ayni muddao bo'ldi. Negaki, Sanginov futbolni juda yaxshi tushunadi va ish olib borish uslubi ham yuqori darajada deyish mumkin. Boisi Abdug'ani Abdurahmonovich bilan ilgari sobiq “To'palang” jamoasida birga ishlaganmiz va u kishini juda yaxshi bilaman. 2007 yili Sarosiyo tumanida “To'palang” jamoasini yaxshi shakllantira olgandi. U kishining “Surxon”ga rahbar etib tayinlangani eng to'g'ri qarorlardan biri bo'ldi desam yanglishmagan bo'laman. Aynan Abdug'ani Abdurahmonovichning tashabbusi va Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning taklifi meni “Surxon” jamoasiga qaytishimga turtki berdi. Rahbariyat kelajakda jamoada murabbiy sifatida ishlashim uchun hozirdan maxsus kurslarda o'qitishni va malakamni oshirib borishim uchun yordam berishlarini aytdi. Nasib qilsa rahbariyatning ishonchni oqlab, jamoaga to'liq kuch bilan qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman – deydi Bahriddin Vahobov.

Muxlislarga yaxshi malumki, ayni damda “Surxon”ni yangi mavsumga Dilshod Nuraliev tayyorlamoqda. Ushbu mutaxassis bungacha asosan yoshlar bilan ishlab kelgan 35 yoshli Vahobovga bosh murabbiyning ishonchi qanchalik darajada bo'lmoqda? – Futbolchilik faoliyatim davomida bungacha ko'plab taniqli murabbiylar qo'li ostida o'ynadim. Lekin hech birini alohida ajratib ko'rsata olmayman. Ulardan ko'p narsalarni o'zimga kashf etganman. Dilshod Nuralievni rahbariyat bosh murabbiylikka munosib ko'rdimi demak, ularning qarorini xurmat qilishimiz kerak. Nuraliev bilan ham munosabatlarimiz yomon emas. Yaqinda klubimiz rahbariyati, meni jamoaga taklif etib, bosh murabbiy bilan uchrashtirdi va o'zaro gaplashib oldik. To'g'risini aytsam, men juda ko'p narsadan voz kechib “Surxon”ga qaytishga qaror qildim. Endigi maqsadimiz viloyat futbolini avvalgi qaddini tiklashdan iboratdir – deya qo'shimcha qiladi denovlik futbolchi.


Muxlislarga yaxshi malumki, Vahobov o'tgan yili “Buxoro”da o'ygandi va unga bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev ham katta ishonch bilan qarardi. 2017 yilgi chempionatda tajribali hujumchi 20ta o'yinda maydonga tushgani ham so'zimizga isbot bo'lsa ajab emas. Joriy mavsumda ham buxoroliklar ustozi Bahriddinni o'z jamoasida ko'rishni istayotgandi. CHunki u qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini asosan “Buxoro”da o'tkazdi. Vahobov jamoadan ketishi oson bo'lmaganini aytib o'tdi. – To'g'risi, “Buxoro”da o'ynab jamoaga ancha moslashib ketgandim. U erda o'zimni juda yaxshi xis qilganman. Muxlislar bilan ham doim yaxshi munosabatda bo'ldim. Ular jamoadan ketganimni eshitib, kun-ora telefon orqali bog'lanib, jamoaga qaytishimni so'ramoqda. Buning uchun ulardan minnatdorman. Bosh murabbiy Ulug'bek Baqoevga ham katta rahmat aytaman. U kishi menga ishonayotgandi. Kelgusida yordamchi sifatida ishlashimni aytardi.

Aytishlaricha “Surxon”ni bu yil oldiga super ligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Bu borada Vahobovning munosabati qanday? – Boya aytib o'tganimdek, viloyat hokimi tomonidan futbolga, xususan “Surxon” jamoasiga etibor yuqori darajada. Jamoa uchun qulay bo'lgan sharoitlar yaratib borilmoqda. Klub o'z avtobusiga ega. Yangi qarorgoh qurilmoqda. Toshkentda ko'ngildagidek yig'in o'tkazish uchun imkoniyat bo'lyapti. Abdug'ani Sanginov ilgari “To'palang” jamoasini ham kuchlilar safiga olib chiqqan. Nasib qilsa ushbu rahbarimiz boshchiligida “Surxon” ham super ligaga yo'l oladi. Agarda super ligaga chiqishimizga ishonmaganimda, klubga qaytmasdim.

Faoliyati davomida “Surxon”, “To'palang”, “Paxtakor”, “SHo'rtan”, “Buxoro”, “Qizilqum” kabi jamoalarda o'ynagan Vahobov bungacha pro-ligada umuman o'ynamagan kam sonli futbolchilardan biridir. SHunday ekan Bahriddin bu yil pro-ligada debyut mavsumni o'tkazadi. – To'g'risi, men katta futbolga super liga klubi orqali kirib kelganman va Xudoga shukur bungacha faqat mamlakatimizning nomdor jamoalarida o'ynadim. Bu yil menimcha pro-liga o'yinlari ham keskin va kurashlar boy, qiziqarli ruh ostida o'tadi. O'z oldiga jiddiy maqsad qo'ygan jamoalar soni ortib bormoqda. Bu albatta chempionatga bo'lgan qiziqishni ham oshiradi. Raqobat kuchaygan sari, o'yinlar ham tomoshabop tarzda o'tadi.Nasib qilsa bu yil “Surxon”ni kuchlilar safiga olib chiqib, keyin futbolchilik faoliyatimni ham tugatsam kerak. Eng muhimi aynan shu jamoada o'ynashni boshlab, shu erda chiroyli tarzda tugatishni o'ylayapman. Bu yil murabbiylikka o'qishni boshlayman va hozirdan o'zimni bu borada tayyorlab borishim kerak – deydi Bahriddin Vahobov.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика