

Bugun oson o'yin o'tkazmadik. Uzoq yo'l bosib kelganligmiz ham qaysidir manoda jamoamizga ta’sirini ko'rsatmasdan qolmadi. Jamoamiz tarkibi endi yig'ilgan, ularni bir-birini tushunib o'yin tashkil etishlari uchun bir oz vaqt kerak.
“Navbahor” yoshlari yaxshi shakllangan jamoa, ular o'tgan yilgi mavsumni 3-o'rin bilan yakunlashgan. Yoshlar jamoamizni oldiga qo'yilgan vazifa asosiy tarkibimiz uchun futbolchilarni tayyorlab berishdan iborat, biz shuni ustida ishlaymiz, harakat qilamiz.
Bekzod Tolibov yozib oldi.



