Qozog'istonlik futbolchi "Al Ayn"dagi debyut o'yinida assistentlikni qayd etdi
02 fev 2020 12:15
Yangiliklar


Qozog'istonlik futbolchi "Al Ayn"dagi debyut o'yinida assistentlikni qayd etdi
"Qayrat"ning sobiq futbolchisi Baurjan Islomxon BAA Pro-Ligasi 15-turi doirasida "Al Vasl"ga qarshi o'yinda jamoasi tarkibida debyut qildi.
Uchrashuv 5:0 hisobida yakunlandi.
Bahsdagi so'nggi gol qozog'istonlik xavbekning ishtirokida sodir bo'ldi. 71-daqiqada maydonga tushgan futbolchi Jamol Marufning goliga assistentlik qildi.
27 ochko jamg'argan "Al Ayn" turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "Al Ahli"dan 8 ochkoga ortda qolmoqda.
"Al Ayn"ning navbatdagi uchrashuvi 7 fevral kuni Otabek SHukurov harakat qilayotgan "SHarja" jamoasiga qarshi o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar