So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Ливерпуль" - "Лестер". Асосий таркиблар маълум!  1 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  3 23:10"Фулхэм" сўнгги марта "Челси" майдонида қачон ғалабага эришганди?  3 22:49"Бухоро-W" қизлари Қозоғистон жамоасига қарши ўртоқлик ўйини ўтказди  3 22:12МТРК учун футбол мусобақаларини ёритишга мослашган КТС сотиб олинади  11 21:57ДАҲШАТ! "Фулхэм" дербида "Стэмфорд Бриж"да ғалабага эришди!  29 21:34АПЛ. "Вулверхэмптон" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблар маълум!  17 21:09"Манчестер Сити"да нохуш статистикалар  2 20:52Пеп Гвардиола: "Бизда ҳозир шундай даврки..."  9 20:19Аканжи: "Адолатсиз натижа"  6 19:56Моуриньюнинг "Фенербахче"си Абдуқодир Ҳусанов бўйича таклиф билан чиқмоқчи  32 19:32"ФарДУ" клубида мавсум якунларига бағишланган тақдирлаш маросими ўтказилди  2 19:24Муваффақиятсизлик давом этади: "Манчестер Сити" бу сафар ўз уйида "Эвертон" билан дуранг ўйнади, Холанд пенальтидан гол ура олмади  33 19:10АПЛ. Тез орада бошланадиган "Челси", "Тоттенхэм" ва бошқа жамоалар иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 18:48"Шўртан": Суперлигага тайёргарлик давом этмоқда  1

"Qo'rqmanglar, hammasi nazoratim ostida". Katanec qanday qilib natijaga erishmoqchi? Yangiliklar

"Qo'rqmanglar, hammasi nazoratim ostida". Katanec qanday qilib natijaga erishmoqchi?

O'zbekiston terma jamoasi KXDRni kichik (1:0) hisobida mag'lub etganidan so'ng futbol jamoatchiligida qiziq fikrlar yangradi.

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi 3-bosqichida dastlabki uchrashuvni o'tkazdi. Qiyin kechgan uchrashuvda futbolchilarimiz kichik 1:0 hisobidagi g'alabani qayd etishdi, uchrashuvdagi yagona golga Jaloliddin Masharipov mualliflik qildi. SHuningdek, darvozabonimiz O'tkir Yusupov birinchi bo'limning o'zidayoq darvozamizga belgilangan 11 metrlik zarbani bartafar etdi. Tasanno! SHunday qilib, O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida bor-yo'g'i ikkinchi marotaba JCH so'nggi saralash bosqichini g'alaba bilan boshladi. 

Rossiya-2018 mundial saralashining oxirgi bosqichini ham biz g'alaba bilan boshlagandik. "Bunyodkor"da Suriyaga qarshi kechgan qiyin uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan Aleksandr Geynrix 74-daqiqada hisobni ochadi va ushbu gol bizga dastlabki uch ochkoni taqdim etadi. Suriyaga qarshi uchrashuvdan besh kun o'tar-o'tmas Samvel Babayan "gvardiyasi" Dohada Qatarga qarshi o'yin o'tkazadi. Ikki jamoa ham ehtiyotkor futbol namoyish etgan uchrashuvda Egor Krimec 85-daqiqada Geynrixning uzatmasini boshi bilan darvozaga to'g'rilab yuboradi va gol. Dastlabki ikki uchrashuvda maksimal natija qayd etgan terma jamoamizning keyingi turlarda omadi yurishmaydi, afsuski.



Biroz tarixga nazar tashladik, endi kechagi uchrashuvga batafsilroq to'xtalsak. Milliy terma jamoamizga befarq bo'lmagan insonlarning ko'pchiligi terma jamoamiz KXDRni yirik hisobda mag'lub etishiga shubha qilmayotgandi va barcha natija bo'yicha xotirjam edi. Vaholanki, biz uch ochkoni oldindan qo'lga kiritganmiz. Aslida esa bunday bo'lib chiqmadi. Aksincha, g'alabamizning asosiy omillaridan biri omad biz tomonda bo'lganida bo'ldi. Darvozamiz tomon belgilangan 11 metrlik zarbani O'tkir Yusupov bartaraf eta olmaganida o'yin scenariysi mutlaq boshqacha bo'lishi mumkin edi. To'g'ri, Yusupov penalti tepilgan vaziyatda ajoyib harakat qildi, ammo hozirgi kundagi terma jamoamizning asosiy darvozabonini "penaltilar ustasi" deb bo'lmaydi. Yusupov terma jamoada birinchi marotaba penaltini bartaraf eta oldi va Superliganing so'nggi 4 mavsumida darvozabonimiz 2ta 11 metrlik zarbani to'sa olgan.



Futbolchilarning o'zlari ham kechagi uchrashuvdan ko'ngli to'lmagani, terma jamoa bundan-da yaxshiroq o'ynay olishini bir necha marotaba takidlashdi. Xo'sh, unda muammo nimada? Guruhimizda "autsayder" hisoblangan SHimoliy Koreya, bir hafta davomida suniy qoplamada mashg'ulot o'tkazgan SHimoliy Koreya nega bizni bunchalik qiynab qo'ydi? Nega 80-daqiqadan so'ng to'pni bizdan to'liq olib qo'ydi? Ko'pchilikni qiziqtirgan ushbu savollarga Srechko Katanec o'yindan keyingi matbuot anjumanida javob berdi.

"Bizning asosiy muammo – futbolchilarning jismoniy holati. Futbolchilar dushanba kuni jamoamizga qo'shilishdi. KXDR esa bir necha o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etishga ham ulgurdi", – deya izoh berdi Srechko Katanec.

"SHimoliy Koreyaga qarshi qiynaldik, bu o'yinimiz bo'lajak kuchliroq raqiblar uchun oson bo'lib qolmaydimi? Biz yana nimadir qo'sha olamizmi?", degan savolga esa terma jamoamiz bosh murabbiyi quyidagicha javob berdi:

"Biz bor-yo'g'i ikkita mashg'ulot o'tkazdik. Ikkitagina mashg'ulot bilan qanday qilib qo'shamiz? Buning imkoni bor deb o'ylaysizmi?".


Vaholanki, janob Katanecning barcha fikrlari to'g'ri, ammo raqiblarimiz biz necha kun mashg'ulot o'tkaza olganimiz yoki futbolchilarning jismoniy holati qanday ekanligiga qarab o'tirishmaydi. Bu – fakt. Pragmatik futbol tarafdori bo'lgan Katanecga eng muhimi ochkolar soni ekanligi barchaga malum, ammo terma jamoamizning o'yin sifatida biz uchun qanchalik muhim? Avvallari Eron va Koreyalarga qarshi dahshatli o'yinlar o'tkazardik. "Jar"da yanchib tashlangan Eron va yaponiyalik hakamning xatosi, Xitoyga qarshi mutlaq dominantlik va so'nggi daqiqalardagi penalti va shunga o'xshash sabablar tufayli mundial deb atalmish "kema"ga hech chiqa olmaganmiz. Bosh murabbiy kecha shuni takidlab o'tdi.


"Avvalgi cikllarda O'zbekiston terma jamoasi chiroyli va tomoshabop o'yin namoyish ko'rsatgan, lekin JCHga chiqa olmagan. Bizga ega Jahon chempionati kerak", – dedi Srechko Katanec.


Tabiiyki, savol tug'iladi. Bizga "mundial yo'llanmasi" degan yakuniy natija muhimmi yoki terma jamoamizning uslubi va o'yin sifati? Bu savolga har kim o'zicha javob beradi. Eng qizig'i, ikki javob to'g'ri, biz hech qachon Jahon chempionatida ishtirok etmaganmiz va mundial yo'llanmasi biz uchun orzu. O'yin uslubi va sifati esa nafaqat terma jamoamizning hozirgi kundagi o'yinlarining tomoshabopligi, uslub va kelajak avlodga ham tasir o'tkazishi aniq. Juda "sodda" va "primitiv" futbol o'ynayversak, individual tomonlama kuchli, yuqori texnikali futbolchilarimiz kamayib ketishining ehtimoli katta, chunki bizga yorqin futbolchilar emas, jismoniy jihatdan baquvvat va kurashuvchan futbolchilar kerak bo'lib qoladi. 2014-2016 yilgi "Atletiko" Madrid jamoasi aynan shunday edi — himoyada kamroq xato qilish va qarshi hujumda kreativ futbolchining mahoratiga tayanish. "Matraschilar" o'z suyuklilarini chiroyli futbol bilan siylashmagan bo'lsa ham, yaxshi natijalar qayd etishgan. Oradan 10 yil o'tdi va hozirgi kunda hech kim Simeonening zerikarli futbolini emas, aksincha natijalarini yodga oladi.



Katanec nega bunday o'ynashi va nega natija uchun barchasini qurbon qilishga tayyorligining yana bir sababi bor. U xorijlik murabbiy. Mehnat shartnomasi yakuniga etgan kunidayoq u Toshkent-Lyublyana (real hayotda katta ehtimol bilan bunday reys yo'q) reysiga chipta xarid qiladi. Undan keyin o'zbek futbolining hozirgi ahvoli qanday ekanligi haqida ko'p qayg'urishi amrimahol. Biroq uning ham fikri ham to'g'ri, Katanec rahbariyat oldida chiroyli futbol namoyish etdik, raqib darvozasiga shuncha zarba berdik yoki to'pga ko'proq egalik qildik deya olmaydi. Bunday desa ham, futbolimiz rahbariyati bunday natijadan qoniqmaydi.

Katanec Jahon chempionati saralashining 3-bosqichida qanday yo'l tanlaganini kecha bilib oldingiz. Uni qo'llab-quvvatlash yoki tanqid qilish ixtiyoringiz. Marhamat!



Rossiya-2018 mundialining 3-saralash bosqichidagi dastlabki ikkita uchrashuvni bekorga eslamadim, bu safargi saralashni ham xuddi 2016 yildagidek dastlabki ikki turdan so'ng 100 foizlik natija qayd etish maqsadida yaxshi niyatda eslab qo'ydim.


P.S. Ha, aytgancha, bu bor-yo'g'i birinchi uchrashuv edi-ku. Balki keyingi turlarda terma jamoamiz kuchliroq va ishonchliroq futbol namoyish etishni boshlar...

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика