So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  41 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  3

Qoraqalpog'istonlik futzal murabbiylari uchun o'quv kursi Yangiliklar

Qoraqalpog'istonlik futzal murabbiylari uchun o'quv kursi

Teglar :  futzalNukus
Nukus shahrida Osiyo futbol konfederaciyasining “Level One” sertifikati bo'yicha xalqaro murabbiylar kursi tashkil etildi.

Ushbu kurslar O'zbekiston futbol federaciyasining bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi hamda O'zbekiston mini futbol (futzal) associaciyasining 2015 yilgi ish rejasiga asosan bo'lib o'tdi.

O'z navbatida 21-26 iyul kunlari Qoraqalpog'iston  respublikasi poytaxtidagi “Turon” sport majmuasining o'quv-mashg'ulot bazasida olib  borilgan mazkur kurs mashg'ulotlariga OFK instruktori Avaz Maqsumov rahbarlik qildi. Nukuslik Ongarboy Jalimov kurs koordinatori vazifasini o'tadi.  Deyarli bir hafta mobaynida 16 nafar qoraqalpog'istonlik murabbiy “Level One” sertifikati yo'nalishida saboq olishdi.

- Futzal bo'yicha murabbiylarimiz ushbu kurs jarayoniga jiddiy yondoshishdi, - deydi Qoraqalpog'iston respublikasi futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Vladimir Nazarov. – Negaki, keyingi vaqtlarda murabbiylarning tegishli licenziya va sertifikatga ega bo'lishlari muhim ahamiyat kasb etayotir. SHu jihatdan, ular malakalarini oshirish, tajribalarini yanada yuksaltirish borasida izlanishayotir. Ishonchim komilki, nihoyasiga etgan navbatdagi kurs respublikamizda sportning futzal turini yanada ommaviylashishiga xizmat qiladi.

Ikrom XUDOYBERGANOV.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика