So’nggi yangiliklar

11:45Арне Слот "Борнмут"дан учралган мағлубият сабабини айтди  1 10:55Олександр Воробей собиқ жамоаси билан шартнома имзолади  0 10:36САфарда. "Динамо"нинг БААдаги машғулотлари қандай кетмоқда? Вадим Абрамов билан интервью  2 10:12"Сўғдиёна"да 8 йил ўйнаган Митрович Сербияга қайтди  0 09:57Арбелоа: "Винисиус ва Мбаппе — ўйин тақдирини ўзгартириб юборишга қодир икки энг яхши футболчи"  3 09:37"Шўртан" ҳужумчиси "Машъал"га ўтди  0 09:07Жавоҳир Сидиқов: "Қўқон-1912"га бўлган меҳрим бошқача"  2 08:34"Қизилқум" ярим ҳимоячиси "Каттақўрғон"да  0 08:05Достон Турсунов: "Жаҳон чемпионатига боришни мақсад қилганман"  1 07:37Sofascore. Абдуқодир Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 02:59Мбаппенинг дубли "Реал"га "Вильярреал" устидан ғалаба келтирди  14 02:32Аёллар ўртасидаги Испания Суперкубоги: "Барселона" яна "Реал"ни мағлуб этиб, кетма-кет бешинчи бор чемпион бўлди  9 01:55Арне Слот: "Бундай ўйинда 4 дақиқа қўшиб бериш камлик қилади"  9 01:50БУНДЕСЛИГА. "Леверкузен"да қийин ғалаба, "Дортмунд" эса Берлинда зафар қучди  1 00:34АПЛ. «БОРНМУТ»ДАН СЕНСАЦИЯ! «Ливерпуль» 90+5-дақиқада мағлубиятга учради  10

Qo'qonlik muxlislar Qatarda Yangiliklar

Qo'qonlik muxlislar Qatarda

Teglar :  Qo'qon-1912
Qatar poytaxtida Doha shahrida bo'lib o'tayotgan 23-yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempioatida Qo'qon shahridan borgan muxlislar ham ishtirok etishmoqda.
Biz ularni bu chempionat va safar taassurotlari haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Bahodir aka Ibrohimov : Biz bu erga Braziliya yo'llanmasini qo'lga kiritamiz degan yaxshi niyatda kelgan edik. Nachora bu futbol beshavqat o'yin ekan. Baribir kelganimizdan afsusda emasmiz. Doha ajoyib,chiroyli shahar ekan. SHaharni tomosha qilib mazza qilib dam olyapmiz.

Xusanxon Yulchiev: Men bunday yirik futbol turnirida birinchi marta ishtirok etishim. Taassurotlarim juda yaxshi. CHiroyli stadionlar, go'zal shaxar barchasi menga yoqdi. Qo'qonimizda xam bir kun kelib shunday chiroyli stadion bo'lishini orzu qildim.

Ibroxim aka Sultonov: Men 2009 yilda Misrda bo'lib o'tgan 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatiga borgan edim. Qatardagi musobaqa Osiyo chempionati bo'lsa ham o'sha jahon chempionatidan ko'ra ancha yuqori saviyada tashkillashtirilgan. Faqat bu musobaqaga bizning jamoamiz yaxshi tayyorgarlik bilan kelmagani biz muxlislarni biroz ranjitdi. Nailoj endi bu erda ololmaganimiz zavq-shavqni “Qo'qon-1912” jamoamiz o'yinlarida olamiz deb umid qilaman.

Mahmudho'ja Tursunov: So'nggi vaqtlarda Qatar juda ko'p sport musobaqalarini o'zida qabul qilmoqda. Men 2011 yilgi Osiyo chempionati vaqtida ham Qatarda bo'lgan edim. O'shanda terma jamoamiz o'yinlaridan so'ng rosa bayram qilgan edik. Bu safar yoshlarimiz biroz bo'sh o'yin ko'rsatib ishonchimizni oqlay olishmadi. Lekin Qo'qonlik Akromjon Komilov barcha o'yinlarda eng yaxshi o'yinchilarimizdan biri bo'ldi. Asilbek Amonovni ham Yamanga qarshi maydonga tushishini kutgan edik. Meni orzuim bir kun kelib “Qo'qon-1912” muxlisi bo'lib Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi musobaqalarida ishtirok etish.

Akramjon Mamadaliev. Dohadan.
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика