So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  25 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  4 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 21:15Суперлига. "Динамо" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  30 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  69 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  5 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0

"Qo'qon-1912" yangi yildagi ilk yig'inini boshladi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" yangi yildagi ilk yig'inini boshladi

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi futbolchilari bugun Qo'qon shahrida o'zlarining yangi yildagi dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlashdi.

"Qo'qondagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tgan bugungi mashg'ulotlarda jami 20 nafar futbolchilar ishtirok etishdi. 

Darvozabonlarimiz ilk kundan to'liq tarkibda shug'ullanishdi. Xurshid Xo'jaev, Muzaffar Abdullaev va Islom Abdullaev yangi yilning dastlabki kunlaridanoq yaxshi sport formasida ekanliklari ko'rinib turdi. 

Murabbiylar shtabi o'tgan yilgi tarkibning asosiy qismini saqlab qolish hamda ayrim chiziqlarga yangi futbolchilarni jalb qilishni maqsad qilishgan. Bugungi mashg'ulotlarda jamoa tarkibiga yangi qo'shilgan Bilolxon Toshmirzaev ham ishtirok etdi. SHuningdek yoshlar tarkibidan ham bir nechta iqtidorli futbolchilar asosiy jamoa mashg'ulotlariga jalb qilingan. Uzrli sabablarga ko'ra bugungi mashg'ulotlarga etib kela olmagan Mo'min Meliev, Oybek Rustamov ertaga bo'ladigan mashg'ulotlarga qo'shilishadi.

Tarkibga yangi futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi bir nechta yangi nomlarni jamoa ko'rigiga taklif qilishgan. Biz ularni yig'in davomida sizlarga tanishtirib boramiz. Jamoa etakchilari Murod Xolmuhammedov va Aleksandr Merzlyakov mashg'ulotlarga biroz keyinroq kelish uchun murabbiylar shtabidan ruxsat olishgan. Ertadan mashg'ulotlar ikki mahaldan bo'lib o'tadi. Dastlabki yig'inda asosan, futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilashga qaratilgan mashg'ulotlarga ko'proq urg'u beriladi", – deyiladi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati bergan xabarda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика