So’nggi yangiliklar

21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  2 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  2 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  12 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  10

Qo'qon-1912: Toshkentda farm-klub ochildi Yangiliklar

Qo'qon-1912: Toshkentda farm-klub ochildi

Teglar :  Qo'qon-1912
Qo'qon-1912 jamoasi rahbariyati jamoani kelajakda Respublikamizning etakchi jamoalaridan biri bo'lishi uchun astoydil harakat qilmokda.

Bu harakatlar samarasi o'laroq kuni kecha Toshkent shahrida jamoaning farm-klubi ochildi. Esingizda bo'lsa bir paytlar Toshkentning Bunyodkor jamoasi Qo'qonda shunday farm-klub ochgan edi. Mana endi buning aksi bo'lib qo'qonliklar Toshkent shahrida shunday klub ochishdi. Farm-klubda 1998-2000 yillarda tug'ilgan bolalar Toshkent shahar birinchiligining 2-ligasida to'p tepishadi. Bu jamoaga istedodli eshlar murabbiyi Farhodjon Rahimberdiev ustozlik qiladigan bo'ldi. Jamoa mashg'ulot va uy o'yinlarini o'tkazishi uchun Toshkent to'qimachilik kombinati o'yingohi ijaraga olindi. Farm-klub ochishdan maqsad Qo'qon-1912 jamoasigi yangi futbolchilarni tarbiyalab etkazib berishdir.

Muxlislarda savol tug'ilishi mumkin jamoaga yosh futbolchilarni Qo'qonda tayerlasa bo'lmaydimi? Bu borada ham jamoada ishlar faol olib borilmokda. Hozirgi kunda Farg'ona viloyati birinchiligi 2-ligasida jamoaning yosh futbolchilari to'p tepishmoqda. Yana bir yangilik esa endi Qo'qon jamoasi o'zining akdemiyasiga ham ega bo'ladi. Buning uchun Qo'qon shahridagi sobiq Orlenok lagerining 3 gektarli hududi Qo'qon-1912 jamoasiga berildi. SHu kunlarda bu joyda akdemiya qurilishini boshlash uchun viloyat hokimligiga hujjatlar tayerlanmoqda. Viloyat rahbarining farmoni chiqishi bilan bu ishlar ham boshlab yuboriladi. Biz yuqoridagi ishlarni bajarilishida Qo'qon-1912 jamoasi rahbariyatiga kuch-quvvat va omad tilaymiz. Ishonamizki Qo'qon jamoasi kelajakda albatta vatanimizning eng kuchli jamoaliridan biri bo'ladi.

Akramjon Mamadaliev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика