So’nggi yangiliklar

16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  0 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  2 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4

"Qizilqum" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan fotojamlanma Yangiliklar

"Qizilqum" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan fotojamlanma

Teglar :  QizilqumQo'qon-1912
Oliy liganing 18-turida "Qizilqum" futbolchilari ikkinchi davradagi ilk g'alabani tantana qilishdi.

Uchrashuvda garchi mehmonlar himoyachisi Darko Gojkovich hisobni ochgan bo'lsada, Hamidjon Aktamov shogirdlari etti daqiqa ichida Ribkin qo'riqlayotgan darvozani uch bor aniq nishonga olib, irodali g'alabani tantana qilishdi.


Uchrashuvni FIFA referisi Olim Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi...


Jamoa sardorlari o'yin oldidan ananaviy fotosuratga tushishdi...


"Qizilqum" jamoasining jangovar tarkibi..


Odatdagidek mezbonlar ishqibozlari butun o'yin davomida sevimlilarini qo'llab-quvvatlab turishdi..


SHerali Jo'raev o'ng qanotda faollik ko'rsatdi...


SHu kuni "Qizilqum" safida ilk marta asosiy tarkibda maydonga chiqqan Otabek Isroilov mehmonlar sardori Akmal Xolmurodov bilan to'p uchun kurashda...


"Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'yinni xavotir bilan kuzatmoqda..

 "Qo'qon-1912" matbuot xizmati tashabbusi bilan  uchrashuv mycujoo.tv sayti orqali onlayn translyaciya qilindi.


Mehmon jamoa rahbariyati ham muxlislar orasidan o'yinni kuzatib bordi...


"Qo'qon-1912" ustozi No'mon Hasanov shogirdlarining birinchi bo'limdagi harakatlaridan qoniqmadi...


Yana Isroilov-Xolmurodov qarama-qarshiligi...


"Qizilqum"ning tinib tinchimas yarim himoyachisi "aka Eshon" - Ilhom Yunusov sherigiga ajoyib tarzda to'p uzatmoqda...


Samandar SHodmonov shu kuni ancha faol harakat qildi...


"Qizilqum" markaziy himoyachisi SHukurali Po'latov havodagi kurashlarda raqibga imkon bermadi...


Uchrashuvni 6501 nafar tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib bordi...


SAning navoiylik yuzerlari ham odatdagidek uchrashuvga tashrif buyurishgan...


"Qizilqum" sardori Erkin Boydullaev jamoasining navbatdagi hujumini tashkil etmoqda...


"Qo'qon-1912"ning serbiyalik legioneri Filip Raevac mezbon himoyachilar tomonidan qattiq "qo'riqlandi"...


Raevac bu gal qanot himoyachisi SHerali Jo'raev bilan to'p uchun kurashda...


Yuqoriroq, tezroq, chaqqonroq...


Suhrob Berdiev: -Olim aka, uzr, xop, uzr dedimkuuuu:)


Nikita Ribkin etti daqiqa ichida uchta gol o'tkazib yubordi va ikkinchi bo'limda zaxiraga olindi...


Gol quvonchi!


Samandar SHodmonov jamoadoshlaridan o'ziga xos tarzda tabrik qabul qilib olmoqda...


Zokirov o'z golini muxlislarga bag'ishladi...



Ronaldo uslubida gol nishonlash...


Jamoadoshlaridan tabrik qabul qilib olayotgan Otabek....


Uchinchi gol muallifi G'ayrat Jumaev "olqishlar" ostida qolib ketdi....


"Qizilqum" ishqibozlari sardori SHahriddin Ishnazarov sevimlilaridan xursand....

G'ALABA!!!


"Qizilqum" matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика