“Qizilqum” qisqa tatildan keyin tayyorgarlikni poytaxtda davom ettiradi
01 fev 2020 00:25
Yangiliklar


“Qizilqum” qisqa tatildan keyin tayyorgarlikni poytaxtda davom ettiradi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni bir necha bosqichda o'tayotgan “Qizilqum” futbolchilari Navoyidagi o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlashdi.
Navoiydagi yig'in davomida futbolchilar kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazishdi va Muborakning "Mashal" jamoasiga qarshi (0:0) nazorat o'yinida maydonga tushishdi.
Jamoamiz bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov futbolchilarga 2 kunlik tatil berdi. Qisqa fursatlik damdan so'ng "Qizilqum" jamoasi mashg'ulotlarni yana poytaxtimizda davom ettiradi va ushbu yig'in doirasida bir nechta nazorat o'yinlarida ishtirok etish rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar