So’nggi yangiliklar

17:10CAFA Nations Cup. Ўмон Ҳиндистон билан 3-ўрин учун беллашмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  5 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  3 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  3 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  5 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  5 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  3 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  20 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  9 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0

"Qizilqum" - "Buxoro". Jamoa bosh murabbiylarining o'yindan keyingi fikrlari Yangiliklar

"Qizilqum" - "Buxoro". Jamoa bosh murabbiylarining o'yindan keyingi fikrlari

Coca Cola Superligasining 2-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi.

Eslatib o'tamiz, unda navoiyliklar qo'shnilarini Jasur Xolto'raevning goli evaziga minimal hisobda mag'lub etdi.


Coca-Cola Superliga 2-turi doirasida o'z uyida «Buxoro»ni minimal hisobda mag'lub etgan «Qizilqum» klubi bosh murabbiyi Asror Aliqulov jamoa avvalgi uchrashuvdagi xatolardan to'g'ri xulosa qilganini va bugungi o'yinda to'g'ri tanlangan taktika evaziga uch ochko qo'lga kiritilganini aytdi.

"Bugun o'ziga xos derbida kuchli raqibni mag'lub etdik. Avvalgi o'yindagi harakatlarimizdan qoniqmagan edim. Bugun «Buxoro»ni to'g'ri tanlangan taktika tufayli mag'lub etdik. Ular kuchli hujum chizig'i orqali bosim uyushtirishini bilar edik. SHu bois, tezkor qarshi hujumlardan foydalanishni afzal ko'rdik. Raqibni yopa oldik va g'alaba qozondik", - deydi Aliqulov.

"Keyingi o'yin bizga juda qiyinchilik tug'diradigan o'yin. «Metallurg»ga qarshi qiyin uchrashuv kutayapti. Bugun derbi bo'lgani uchun qattiq tayyorgarlik ko'rgan edik va ko'p kuch sarflab yubordik".




Coca-Cola Superliga 2-turi doirasida safarda «Qizilqum»ga minimal hisobda yutqazgan «Buxoro» klubi ustozi Hakim Fuzaylov jamoasi mag'lub bo'lganiga qaramay o'yinda ustunlik qilganini aytdi.

"Ketma-ket ikki uchrashuvda mehmonda o'ynadik va bu jamoamizga biroz qiyinchilik tug'dirdi. Mag'lub bo'lganimizga qaramay jamoam bugun o'yinda ustunlik qildi. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo himoyada xatolar bor va ular ustida ishlaymiz. CHempionat endi start oldi. Vaqt bor va ularni bartaraf etamiz", - deydi buxorliklar ustozi.

"Birinchi bo'limda ustunlik qilganimizga qaramay, ko'p to'p yo'qotdik. Ikkinchi bo'limda esa, ustunlik to'liq bizning nazoratimizda bo'ldi va «Qizilqum» faqat qarshi hujumda o'ynadi".


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика