So’nggi yangiliklar

09:07Sofascore. Абдуқодир Ҳусанов кеча неча баҳо олди?  0 08:41Францис Нарх, "Андижон" ҳимоячиси ва бразилиялик футболчи Самарқанд клуби йиғинида қатнашмоқда   0 08:12"Андижон" ва "Бухоро" собиқ футболчиси "Металлург" мураббийлар штабига қўшилди   0 07:33Жоржо Кьеллини: "VAR тизими ўзгариши шарт, бундай хатоларни қабул қилиб бўлмайди"  1 06:57Назорат учрашуви. "Металлург" - "Каттақўрғон" муроса кўчасини танлади  0 02:58ЛаЛига. "Реал" "Реал Сосьедад"га имконият қолдирмади  24 02:54Англия Кубоги. "Ливерпуль" қийинчиликсиз "Брайтон" тўсиғидан ўтди  2 02:43А Серия. Миланда драма: қизил карточка, 5та гол - "Derby d'Italia"да "Интер" ғолиб!  21 00:58Рафинья сафга қайтишга яқин  4 00:42"Ньюкасл" камбэк амалга ошириб, "Астон Вилла"ни Англия Кубогидан чиқариб юборди  3 00:27Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалабага эришиб, 2-ўринга қайтди. Роналдудан навбатдаги гол!  6 23:47Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити" - "Салфорд Сити" учрашуви энг яхши футболчиси деб топилди  4 23:32Илҳом Абдуғаниев воҳа клуби билан шартнома имзолади  2 23:16УЕФА президенти Қозоғистонда сайланади  8 22:57Расман: "Металлург" Азим Аҳмедов билан шартнома имзолади  3

Osiyoning 2007 yildagi eng yaxshi murabbiyi Rauf Inileev 75 yoshda! Yangiliklar

Osiyoning 2007 yildagi eng yaxshi murabbiyi Rauf Inileev 75 yoshda!

O'zbek futboli faxriysi, 2007 yilda Osiyoning eng yaxshi murabbiyi, uzoq yillar davomida murabbiy va futbolchi sifatida faoliyat yuritgan va yurtimizda ushbu sohalar rivojiga munosib hissa qo'shgan Rauf Talgatovich Inileev 75 yoshga to'ldi.

Shu munosabat bilan bugun O'zbekiston futbol associaciyasida yubiley tadbiri bo'lib o'tdi. Unda O'FA rahbariyati hamda futbolimiz faxriylari ishtirok etishdi.

Rauf Inileev o'zining professional faoliyatini 1973 yil boshida futbolchi sifatida boshlagan. 1975 yilga qadar Toshkentning “Paxtakor” jamoasida to'p tepgan va keyingi yillarda “Mehnat” (Jizzax), “Start” (Toshkent) va “Star” (Jizzax) klublarida o'ynagan.

Murabbiylik faoliyatini 1989 yilda “Yoshlik” (Jizzax) klubida boshlagan. 1993 yilda Toshkentda yangi tashkil etilgan “Chilonzor” jamoasiga taklif etilib, 1996 yilgacha shu erda faoliyat yuritgan. 1997 yilda “So'g'diyona” klubiga bosh murabbiy etib tayinlanib, 2000 yilgacha klubni boshqargan. Keyinchalik “Sho'rtan”, “Andijon”, “Buxoro”, “So'g'diyona”, “Maxtaaral” (Qozog'iston) va “Obod” klublarida ham bosh murabbiy bo'lgan.

2006 yil boshida Rauf Inileev O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. O'sha yili u jamoa bilan Qatarda o'tkazilgan Osiyo o'yinlari chorak finalida ishtirok etdi. 2006-yil oxirida Inileev O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi va 2007 yilgi Osiyo kubogida jamoa bosh murabbiyi sifatida musobaqada chorak finalga qadar etib bordi. Shu yili Rauf Talgatovich O'zbekiston va Osiyo Kutbol Konfederaciyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb etirof etildi.

Uchrashuv davomida Rauf Inileevning faoliyati yodga olindi. Uning o'zbek futboli rivojiga qo'shgan hissasi etirof etildi. Tadbir yakunida minnatdorchilik ramzi sifatida esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика