So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  39 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

“Qizilqum” Antaliyada Qozog'iston premer ligasi vakilini mag'lub etdi Yangiliklar

“Qizilqum” Antaliyada Qozog'iston premer ligasi vakilini mag'lub etdi

Teglar :  QizilqumKaspiy
28 yanvardan buyon Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari kecha yig'in doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvni o'tkazishdi.

Navoiyliklarning bu galgi raqibi Qozog'iston premer ligasi vakili “Kaspiy” klubi bo'ldi.

Aktauliklarga qarshi bellashuvning ilk daqiqalaridanoq vakillarimiz hisobda oldinga chiqib olishdi. Mate Vacadzega nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin belgilangan penaltini Georgi Kuxianidze aniq amalga oshirdi . Bo'lim o'rtalariga kelib qo'shnilarimiz muvozanatni tiklashdi -1:1. Keyinchalik Elguja Grigalashvilida ikki marta gol urish uchun yaxshi imkoniyat bo'ldi. Birinchisida raqib posboni jamoasini muqarrar goldan saqlab qolgan bo'lsa, keyingi vaziyatda gruziyalik legionerning o'ng burchakdan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza to'sinini titratdi. Birinchi bo'limga tomonlar shu hisobda yo'l olishdi.

Ikkinchi bo'lim avvalida yana vakillarimiz oldinga chiqib olishdi. Oybek Qilichevning o'ng qanotdan uzatib bergan to'pidan keyin raqib himoyachilari pala partishlikka yo'l qo'yishdi va Jasur Azimov vaziyatda ustalik bilan foydalanib, yaqin masofadan raqib darvozasini ishg'ol etdi -2:1. Oradan o'n daqiqa o'tgach, “Kaspiy” sardori to'p uchun kurashda himoyachimiz Muhsin Ubaydullaevdan chaqqonroq harakat qildi va Nesterov bilan birga bir vaziyatga chiqib borib, yana hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib Georgi Kuxianidze o'zini ko'rsatdi. U ikki daqiqa ichida ikki bor raqib darvozabonini uzoq masofadan kuchli zarbalari bilan dog'da qoldirib, jamoamizning ishonchli g'alabasini taminladi.

Nazorat uchrashuvi.   06.02.2021

“Qizilqum” (O'zbekiston) – “Kaspiy” (Qozog'iston) 4:2

Antaliya. “Titanik Lara” stadioni.

Gollar: G.Kuxainidze (3-pen, 66, 68), J. Azimov (50).

Qizilqum”: Ignatiy Nesterov (Artyom Makosin), Fayzulla Qambarov (Azizbek Usmonov), Muhsin Ubaydullaev, SHerali Jo'raev, Salim Mustafoev, Erkin Baydullaev, Oybek Qilichev (Jamshid Hasanov), Jasur Azimov, Georgi Kuxianidze, Elguja Grigalashvili (Behruz Sadilloev), Mate Vacadze.

Eslatib o'tamiz, "Qizilqum"ning Antaliyadagi yig'ini 12 fevralga qadar davom etadi. Hamidjon Aktamov shogirdlari yig'in so'ngiga qadar yana ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazishlari rejalashtirilgan.

"Qizilqum" matbuot xizmati.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика