Fakt: "Neftchi" 17 yildan buyon mehmonda "Qizilqum"ni yuta olmayapti
28 iyu 15:15
Yangiliklar


Fakt: "Neftchi" 17 yildan buyon mehmonda "Qizilqum"ni yuta olmayapti
Navoiyda mahalliy "Qizilqum" va Farg'onaning "Neftchi" jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Jamoalar shu kunga qadar chempionat doirasida 46 marotaba uchrashishgan bo'lib, bu o'yinlarning 23 tasida omad "Neftchi"ga kulib boqqan. 12 ta o'yinda mezbonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 11 ta bellashuvda tabloda durang natijasi aks etgan.
Qiziq malumot shuki, farg'onaliklar 17 yildan buyon mehmonda "Qizilqum"ni yutishni uddasidan chiqa olayotgani yo'q. Jamoa oxirgi marotaba 2008 yilgi mavsumning 20-turida Navoiyda 3 ochkoga ega chiqqan. Keyingi 15 ta bahsning 8 tasida "oltin izlovchilar" g'alabaga erishgan bo'lsa, 7 ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.
Malumot uchun, "Neftchi" ayni damda jadvalda 6, "Qizilqum" esa 13-o'rinda ketmoqda. Uchrashuv 20:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Бугун Кизилкумга Галаба насиб этсин.
Бир Грух Навойилик Мухлислар.
Тошкентда туриб тамоша киламиз.
Кизилкум сила. ????✨⚽ ????????