Qishda "Paxtakor"ni 7 futbolchi erkin agent sifatida tark etishi mumkin
31 okt 2024 11:54
Yangiliklar
Qishda "Paxtakor"ni 7 futbolchi erkin agent sifatida tark etishi mumkin
O'zbekiston Superligasida mavsum yakunlanib bormoqda.
Kecha "Nasaf" va "Navbahor" klublarida qaysi futbolchilarning shartnomasi yakuniga etayotgani haqida yozgandik.
"Paxtakor"da asosiy tarkibning bir yo'la 7 nafar futbolchisining shartnomasi yakuniga etadi va ular erkin agent sifatida klubni tark etish huqiqga ega bo'lishadi. Bundan tashqari shartnoma muddati tugashiga 6 oydan kam qolgan futbolchi boshqa klub bilan muzokara o'tkazishga haqli. Faqat muzokara o'tkazishdan avval amaldagi klubiga bu haqda malum qilishi talab etiladi.
Qishda erkin agentga aylanadigan "Paxtakor" futbolchilari ro'yxati:
Pavel Pavlyuchenko
Muhammadqodir Hamraliev
Hojiakbar Alijonov
Dragan CHeran
Dostonbek Hamdamov
Sardor Sobirxo'jaev
Doniyor Abdumannopov


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar