Qatar yulduzlar ligasi, 23-tur. "Umm Salal"dan navbatdagi g'alaba
19 mar 2016 10:44
Yangiliklar
Qatar yulduzlar ligasi, 23-tur. "Umm Salal"dan navbatdagi g'alaba
Qatar yulduzlar ligasining navbatdagi tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Sanjar Tursunov harakat qilayotgan "Umm Salal" jamoasi ushbu turda "Al Vakra" klubi bilan to'qnash keldi. Uchrashuvda "Umm Salal" 1:0 hisobida zafar quchdi. O'yindagi yagona golni Tursunovning pasidan so'ng Yannik Sagbo mezbonlar darvozasiga urdi. Sanjar Tursunov ushbu bahsda to'liq o'ynadi va 90-daqiqada sariq kartochka oldi.
Jamoa 35 ochko bilan musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda.Qatar yulduzlar ligasi, 23-tur.
"Al Vakra" - "Umm Salal" 0:1
Gol: Yannik Sagbo (86)
"Umm Salal": Baba Malik, Velinton, Ismail Dahqani, Odil Al Sulimane (Munir El Hamdaoui, 46), Javad Akeel, Sanjar Tursunov, Umar Yahyo, Ali Muhammad, Txiab Al Anabe (Yannik Sagbo, 64), Abdulqodir Ilyos, Ismoil Mahmud (Abdulaziz Muhammad, 90).
Fikrlar