So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  35 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Qatar U-23 bosh murabbiyi Nikolas Kordova: "Avvalgilaridan farqli ravishda musobaqaga yoshroq tarkib bilan keldik" Yangiliklar

Qatar U-23 bosh murabbiyi Nikolas Kordova: "Avvalgilaridan farqli ravishda musobaqaga yoshroq tarkib bilan keldik"

U-23 Osiyo Kubogi "A" guruhi 1-turidan o'rin olgan Eron – Qatar bellashuvi oldidan qatarliklar ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda bosh murabbiy Nikolas Kordova va darvozabon Saloh Zakariya qatnashdi.

"Musobaqaga Osiyoning eng kuchli terma jamoalari yig'ilgan. Bu bir tomondan avlodni yanada kuchayishiga yordam beradi. Yaxshi o'yin ko'rsatib, ijobiy natija ko'rsatishni kutyapmiz", – dedi Nikolas Kordova.

- Saloh Zakariyaga savol. Birinchi tur doim qiyin bo'ladi. Ertangi o'yindan nimalarni kutyapsiz?

- Musobaqada ishtirok etayotganimdan xursandman. Bu men uchun uchinchi turnir. Umuman olganda, hech bir jamoa uchun oson bo'lmaydi.   

- Qatar terma jamoasida juda yaxshi avlod shakllangandi. Bosh murabbiy bugungi avlod haqida nima deya oladi?

- O'ylaymanki, hozirgi avlodimiz ham yaxshi. Hozirgi musobaqaga avvalgilardan farqli ravishda 23 emas, yoshroq tarkib bilan keldik. Asosiy terma jamoamizga futbolchilarni etkazib bersak, xursand bo'lamiz. 

- Musobaqaga tayyorgarlik jarayoni qanday kechdi? Turnirning 3 ta favoritini sanab bering.

- Biz musobaqaga Qatarda va xorijda hozirlik ko'rdik. Favoritga kelsak, har bir jamoada imkoniyat bor. 

- Guruhdagi asosiy raqobatchi sifatida qaysi terma jamoani ko'rsata olasiz? 

- Alohida kimnidir ajratib ko'rsatolmayman. Har bir o'yindan kelib chiqib, buni bilib olamiz. Natija uchun qo'limizdan nima kelsa, hammasini qilamiz.

- Musobaqaga kelishdan oldin bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdingiz. Jamoaning aniq bir o'yin uslubi shakllandimi? 

- Turniroldi o'yinlar albatta yordam beradi. Musobaqa davomida bu bizga qo'l keladi. 

- Minimum maqsad qanday?

- Biz minimum emas, maksimum natija haqida o'ylaganmiz. Biz uzoroqqa borishni reja qilganmiz. O'ylaymanki, bu qo'limizdan keladi. 

- Saloh Zakariyaga savol. Eron haqida nimalarni bilasiz?

- Biz murabbiylar shtabi bilan ularning o'yinini o'rganib chiqdik. Eron bilan qiyin o'yin kutib turibdi. O'ylagan niyatimizga etamiz degan umiddamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика