Qatar chempionati. Sardor Rashidov jamoasi faqat mag'lubiyatga uchrayapti
27 sen 2019 08:27
Yangiliklar


Qatar chempionati. Sardor Rashidov jamoasi faqat mag'lubiyatga uchrayapti
Malumki, hamyurtimiz Sardor Rashidov Qatarning "Qatar SK" klubida faoliyat olib bormoqda.
"Qatar SK" hozircha to'rtta o'yinda maydonga tushib, hammasida mag'lub bo'ldi. Buning ustiga jamoa faqat ikkita gol urgan. Va shu ikkita goldan bittasi Sardor Rashidovga tegishli. Rashidov "Al Garafa" bilan kechgan bahsda gol muallifi bo'lgandi.
Xavi boshchiligidagi "Al Sadd" o'tgan 4ta turning barchasini g'alaba bilan yakunladi. Hozircha ikkita bellashuvda zafar quchgan "Al Duhayl" 5-o'rinni egallab turibdi.
4-tur natijalari
"Al Arabi" - "Al SHahaniya" 2:1
"Al Garafa" - "Al Ahli" 3:1
"Al Sadd" - "Umm Salal" 2:1
"Al Sayliya" - "Qatar SK" 1:0
"Al Rayan" - "Al Xor" 2:0
"Al Vakra" - "Al Duhayl" 2:4
O’xshash yangiliklar

Fikrlar