So’nggi yangiliklar

16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  5 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  15 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  2 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  5 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  25 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15

Qamashi tumanining 80 yilligiga atalgan musobaqa bo'lib o'tdi Yangiliklar

Qamashi tumanining 80 yilligiga atalgan musobaqa bo'lib o'tdi

Teglar :  Qamashi
Yaqinda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tumanning 80-yilligi hamda 9 may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan

bolalarning sevimli shoiri Saodat Tojievning xotirasiga bag'ishlangan 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida mini futbol bo'yicha uchinchi bor, ananaviy tarzda o'tkazilyotgan  respublika xotira turniri musobaqasi bo'lib o'tdi. 

Mazkur xotira turnir uchinchi bor,  Qashqadaryo viloyat futbol federaciyasi, Tuman xokimligi, Qamashi bolalar va o'smirlar sport maktabi hamkorligida tashkil etildi. Musobaqa ochilish marosimida Tuman bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori D.Berdiev so'zga chiqib shoirning faoliyati haqida to'xtalib o'tdi shundan so'ng, musobaqa mehmoni sifatida tashrif buyurgan Toshkentning  “Olimpik” klubi murabbiyi Aziz Fayziev so'zga chiqib turnirda ishtirok etayotgan yosh futbolchilarga omad tiladi.

Musobaqaga  “Olimpik” bolalar klubi (Toshkent), Peshku ixtisoslashtirilgan  futbol internati (Buxoro), “Motrid” bolalar klubi (Samarqand), Romitan bolalar va o'smirlar sport matabi (Buxoro),  Koson tuman bolalar va o'smirlar sport maktabi (Koson),  hamda musoboqa mezbonlari Qamashi bolalar va o'smirlar sport maktabi (Qamashi),  jamoalaridan iborat  o'n ikkita  jamoa uch  guruhga bo'lingan holda ishtirok etdi.

Qayd etish kerakki, musobaqaga Peshku futbol internati, Samarqand viloyati “Motrid” futbol klubi Koson bolalar va o'smirlar sport maktabi, Qamashi Bolalar va o'smirlar sport maktabi  2002-2003 yillarda  tavallud topgan tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoalar ikki yosh toifasidagi jamoalari bilan  ishtirok etib, turnir g'olibligi uchun bahs olib borishdi.

  

Turnirning saralash bahslari tuman markazida joylashgan suniy qoplamali  futbol maydoni hamda “Do'stlik” mahallasidagi “Qamashi mega futbol” MCHJ qarashli suniy qoplamali futbol maydonlarida bo'lib o'tdi.

Ko'plab futbol muxlislarni o'z bag'riga chorlagan ikki futbol maydonlarida viloyatlardan tashrif buyurgan yosh iqtidor egalari o'zlarining ajoyib o'yinlarini namoyish etib,  mahalliy futbol  ishqibozlar olqishiga sazovor bo'lishdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan xotira turniri to'rt ko'nlik futbol bayramiga ulashib ketdi.

SHiddatli va keskin kurashlarga boy bo'lgan saralash bahslarida  “A” guruhida  ko'p ochko jamg'argan  musobaqa mezbonlari Qamashi bolalar va o'smirlar sport maktabi, va  Peshku ixtisoslashtirilgan futbol internati(Buxoro) “B” guruhida “Motrid” futbol klubi hamda Koson bolalar va o'smirlar sport maktabi  jamoasi yarim final bahslariga yo'lanmani ko'lga kiritishdi.

Musobaqa davomida tashkilotchilar musobaqa qatnashchilariga milliy taommiz osh tortiq etishdi.

Dastlabki yarim finalda musobaqa mezbonlari BO'SM(Qamashi) jamoasi BO'SM (Koson) yosh futbolchilariga qarshi kurash olib borishdi. Qiziqarli kechgan bahsda 

Faxriddin CHoriev boshchiligidagi “BO'SM-2003”(Qamashi) jamoasi 3-1hisobida g'alaba qozonib final yo'l olishdi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvida Samarqandning “Motrid” jamoasi  “Peshku- FM”jamoasiga ro'para kelishdi.  Bu bahs shiddatli va keskin kurashlarga boy bo'ldi.

Buxorolik yosh  futbolchilar  raqiblarini 5-3 hisobida ustun kelishdi.

Final bahsida turnir kubogi uchun Buxorolik  yosh futbolchilar turnir mezbonlariga  qarshi maydonga saf tortishdi. Birinchi bo'limda ikki jamoalar ham ochiq futbol namoyish etishdi Qamashiliklar  safida 10-raqamda harakat qilgan Zafarmurod Abduraxmanovning faolligi buxoraliklik himoyachilarni  qiyin ahvolga solib qo'ydi.  Jangavor tarkib bilan maydonga tushgan mezbonlar dastlabki daqiqalardan raqib jarima maydonchasi tomon xavf solishdi. Turnirning eng yaxshi hujumchisi sifatida etirof etilgan Zafarmurod Abduraxmanov  birinchi bo'limning o'zidayoq buxoralik tengdoshlari darvozasiga to'rt to'p kiritib “poker”ga erishdi. 4-0

Ikkinchi taymda Alisher Bozorov  boshchiligidagi “Peshku” FM jamoasi yangi kuchlarni maydonga tushirdi. O'yin boshlanishidan hujumga etibor qaratgan buxorolik yosh  futbolchilar dastlabki daqiqadan hisobni ochdi.4-1

Ammo oradan sakkiz daqiqa o'tib, qamashilik  yosh charm to'p ustalari hisobdagi farqni yana yiriklashtirishga erishishdi. Bahsning yakunlanishiga uch daqiqa qolganda  Qamashi bolalar va o'smirlar sport maktabi  futbolchilari sakkizinchi g'alaba golini kiritishdi. 8-1

 SHu tariqa, bu yilgi xotira turnir kubogini  musobaqa mezbonlari  Qamashi bolalar va o'smirlar sport maktabi jamoasi qulga kiritishdi. Buxora jamoasi ikkinchi bor, turnirning 2-o'rinni qulga kiritishdi.


2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi natijalar:
1-o'rin  Qamashi Bolalar va o'smirlar sport maktabi (Qamashi).
2-o'rin  Romitan-BO'SM, Peshku Futbol internati (Buxoro).
3-o'rin  BO'SM ( Koson).
3- o'rin “Motrid” jamoasi (Samarqand).

2004-2005 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi natijalar:
1-o'rin  BO'SM ( Koson).
 2-o'rin  “Olimpik” ( Toshkent).
3-o'rin  BO'SM (Qamashi).
Havaskor jamoalar o'rtasidagi natijalar:
1-o'rin  “Qamashi” jamoasi (Qamashi).
2-o'rin  Bolalar va o'smiralar sport maktabi (Qamashi).
3-o'rin  “Motrid” futbol klubi ( Samarqand).

SHuni takidlash joizki, saralash uchrashuvlarida Doston Negmatov ustozligidagi “Motrid” futbol klubi (Samarqand) yosh futbolchilarning matonatli o'yinlari bilan futbol uchrashuvlarning bevosita ko'zatgan muxlislarning olqishlariga sazovor bo'lishdi  ayrim sabablarga ko'ra, turnirga kam sportchi bilan tashrif buyurgan edi.

Samarqandliklar  tuliq tarkibda kelganda  edi turnir sovrindorlar qatoridan joy olish aniq edi. Boisi, guruh bahslarida jamoa biror uch bor g'alaba nashidasini so'rishdi faqat so'nggi bahsda buxoraliklarga  5-3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Zahirasiz o'yin o'tkazgan samarqandikliklarga charchoq alomatlari o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Ushbu jamoaga turnir tashkilotchilari tomonidan turnirning “Halol  o'yin uchun” nominaciyasi topshirildi.  

Musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan  g'olib va sovrindorlarga kubok, medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alar topshirildi. Turli nominaciya g'oliblari ham munosib taqdirlandi.

-    Respublika xotira turnirga yuqori masqadlar bilan tashrif buyurgandik. Turnirda ikkinchi bor ishtirok etayapmiz va ikkinchi marta faxrli ikkinchi o'rinni qulga kiritdik. Musobaqani yuqori saviyada tashkil etgan tashkilotchilarga katta rahmat aytmoqchiman.

-    Nasib bo'lsa, keyingi yil ham munosib ishtirok etmoqchimiz-deydi biz bilan suhbatda “Buxoro” jamoasi murabbiysi Alisher Bozorov.
  
-   Ushbu turnirining o'tkazishdan maksad, Qamashi tumaning 80 yilligi yubileyni keng nishonlash va  tumanimizning bolalar sevimli shoiri  Saodat Tojiev xotirasini yod etish, yoshlarni sportga bo'lgan qizishlarini yanada oshirish va boshqa viloyatlardagi sportchi yoshlar bilan do'sttona munosabatda bo'lish, tumanda o'smirlarni sog'lom turmush tarziga jalb etish, sportsevar yoshlar safini  yana kengaytirish va iqtidorli o'smirlarni izlab topish va tuman halqiga bayramona kayfiyatni ulashdan iborat- dedi- Qamashi tuman bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori Dilshod Berdiev.  
   
Fahriddin CHORIEV.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика