So’nggi yangiliklar

07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  0 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  26 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  12 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1

“Pul unumli emas, ko'p pul unumli” – SHota Arveladze “Paxtakor”ni nega tark etdi? Yangiliklar

“Pul unumli emas, ko'p pul unumli” – SHota Arveladze “Paxtakor”ni nega tark etdi?

Toshkentning “Paxtakor” klubi so'nggi yillarda o'zbek futbolining xalqaro maydondagi yagona tamsilchisiga aylandi.

“SHerlar”da hammasi yaxshi ketayotgandek edi. Biroq, “Paxtakor” uchun omadli o'tgan 2020 yilgi futbol mavsumidan keyin jamoa ustozi SHota Arveladze kutilmaganda klubni tark etdi.

Bu ketishning sabablarini hech qaysi tomon ochiqlagani yo'q. Eng qizig'i, “Paktakor” klubi matbuot xizmati oradan deyarli 2 oy o'tgan bo'lsa-da haligacha SHotaning ketgani haqida rasmiy xabar chiqarmadi (15 yanvar kuni P. Xyuistra jamoa bosh murabbiyiga aylangani malum qilindi). O'zbekistondagi qisqa muddatlik faoliyati davomida samimiyligi bilan muxlislar va futbol jamoatchiligi qalbini zabt etishga ulgurgan mutaxassisning keyingi faoliyati barchamiz uchun qiziq, albatta.

Gruziyalik mutaxassis Toshkent klubida 2017 yilning 23 iyunidan 2020 yilning oxiriga qadar faoliyat yuritdi. U ortda qolgan vaqt ichida O'zbekiston chempionatida qiyin kunlarni boshdan kechirayotgan “sherlar”ni Osiyoning eng raqobatbardosh jamoalaridan biriga aylantirishni uddaladi. U “Paxtakor” futbolchilarini 124 uchrashuvga boshlab chiqdi va ulardan 90 tasida maydonni boshini tik tutgan holda tark etdi (18 durang, 16 mag'lubiyat. To'plar nisbati: 289-90).

Bu muddat davomida Arveladzening murabbiylik salohiyatiga shubha bilan qaraganlar etarlicha bo'ldi. Hozir u qayd etgan natijalar o'rtada va hamma o'zicha tahlil qilishi mumkin...

So'nggi kunlarda SHota Arveladzening shaxsiyatiga qizdim va amin bo'ldimki, u bizga ko'ringanidan ancha katta “figura” ekan. Bilasizmi, turk futbolining jonkuyar ishqibozlari doimiy ravishda SHotaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini “yondirishadi”. Ular orasida “Qosimposho” va “Trabzonspor” muxlislari salmoqlidir. Uning o'zi ham Trabzon jamoasi rahbariyati taklif bilan chiqqani haqida malum qildi. Bundan tashqari, “Paxtakor”da ishlab yurgan kezlari unga Osiyoning bir qancha jamoalari “jozibali” takliflar yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Eng qizig'i, turk telekanallari SHotaga pul to'lab, tok-shoularga olib chiqadi. 




U bir necha bor sportga ixtisoslashgan telekanallarning futbol o'yinlari bo'yicha doimiy ekspertga aylanish to'g'risidagi takliflarini rad qilishga ulgurgan ekan. 

Avvalroq Archil Arveladze “fanatik” portaliga bergan intervyusida “Trabzonspor”ga qaytish haqidagi savolga SHotaning murabbiylikdan tanaffus olmoqchiligi, shundan keyin o'ylab ko'rishi mumkinligini aytgan edi. Ammo, katta ehtimol bilan aka-uka Turkiyada uzoq muddat qolishmasa kerak. SHota bu mavzuda shunday degan: “Istanbul – ajoyib shahar. Bu erda faqat yashash kerak, ishlash emas”. 

Mutaxassisning Turkiyada qolmasligining asosiy sababi esa Osiyo jamoalarining nisbatan jozibaliroq takliflar bilan murojaat qilayotganidir. SHotaning yana shunday gapi bor: “Pul muhim emas, ko'p pul muhim”.


Bevosita uning keyingi manziliga to'xtaladigan bo'lsak, yana hikoyaning boshiga qaytishimizga to'g'ri keladi. SHota “Paxtakor”ni nima sababdan tark etdi? 

Uning o'zi asosiy maqsadi Osiyo CHempionlar Ligasi ekanligini bir necha bor takidlagan edi. Eshitishimga qaraganda, 2020 yilgi mavsum yakuniga etganidan keyin ushbu masala yana bir bor ko'tarilgan. SHota kattaroq davrada kelasi mavsum uchun jamoa byudjeti kattalashtirilsa, CHempionlar Ligasini yutishini aytadi, ammo uning so'rovi shunchaki javobsiz qoldiriladi. 

Mutaxassis ushbu holatdan xafa bo'ladi va Toshkentni tark etishga qaror qiladi. Ammo, “Paxtakor”da Arveladzening qaytishini kutayotganlar ham yo'q emas. Mish-mishlarga qaraganda, yaqinda Alisher Usmonov gruziyalik mutaxassis bilan suhbatlashgan. Agar yangi mavsumda “sherlar”ning ishlari yurishmasa, katta ehtimol bilan SHota yana eski o'rniga qaytadi. 

Arveladze jamoa futbolchilari bilan xayrlashayotganida ko'z yoshlarini tiyib turolmagani uning o'zi ham klubga bog'lanib qolganining alomati bo'lsa kerak. Voqealar rivojini esa birgalikda kuzatamiz...

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика