So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  24 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

PSJ yana o'sha bekatda to'xtadi Yangiliklar

PSJ yana o'sha bekatda to'xtadi

Kecha ECHL nimchorak final doirasidagi javob o'yinlari bo'lib o'tdi.

Parijda PSJ "Manchester Yunayted"ni qabul qilgan bo'lsa, "Dragau"da "Portu" "Roma"ni mehmon qildi.

Dastlabki o'yinda Manchesterda ishonchli g'alaba qozongan PSJ, o'z uyidagi javob bellashuvida yana irodasizligini namoyish etdi. PSJ Parijdagi bahsda ikki to'p farqidagi ustunlikni MYUga boy berdi. SHu tariqa PSJ ketma-ket uchinchi mavsum ECHLda nimchorak finalda to'xtatilmoqda. Jamoa bunga qadar "Barselona" bilan to'qnashuvda 4:0 hisobidagi ustunlikni saqlab qololmagandi. O'tgan mavsum esa boshqa bir ispan klubi "Real" tomonidan musobaqadan chiqarib yuborilgandi. Joriy mavsumda PSJ Angliya grandi "Manchester Yunayted" bilan qarama-qarshilikda dastlabki o'yindagi ustunlikni saqlab qololmadi.

Paris Saint-Germain

Juan Bernat - 12'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

07/03/2019, 01:00

3
:
1
Tugadi

Manchester United

Romelu Lukaku - 2', Romelu Lukaku - 30', Marcus Rashford - 90'

Stadion: Parc des Princes, 47441 tomoshabin

Bosh hakam: Damir Skomina

45'
90'
12'  Juan Bernat
12'  Kylian Mbappe
34'  Angel Di Maria
70'  Thilo Kehrer (Leandro Paredes)
70'  Julian Draxler (Thomas Meunier)
75'  Leandro Paredes
90'  Marquinhos
90'  Dani Alves (Edinson Cavani)
2'  Romelu Lukaku
30'  Romelu Lukaku
30'  Marcus Rashford
36'  Eric Bailly (Diogo Dalot)
80'  Andreas Pereira (Tahith Chong)
87'  Ashley Young (Mason Greenwood)
90'  Marcus Rashford
90'  Luke Shaw

Parijliklar oxirgi 7 mavsumdan buyon ECHLda uzog'i chorak finalga qadar borishdi. Dastlab jamoa ketma-ket to'rt marotaba chorak finalga qadar borgan bo'lsa, so'nggi 3 mavsumdan buyon nimchorak finaldayoq to'xtashmoqda.

"Portu" esa dastlabki o'yinda Rimda "Roma"ga mag'lub bo'lganiga qaramasdan javob bellashuvida vaziyatni o'z foydasiga hal etdi. Jamoa so'nggi bor 2014/15 yilgi mavsumda chorak finalda o'ynagandi. Oxirgi uch mavsumdan buyon esa uzog'i guruhdan chiqib nimchorak finalda to'xtayotgandi.



Qayd etish kerakki, "Portu" jamoasi o'z tarixida ikki (1986/87, 2003/04) marotaba Evropa CHempionlar ligasida g'olib chiqqan.

"Manchester Yunayted" esa ECHLda uch bor (1967/68, 1998/99, 2007/08) g'oliblikni qo'lga kiritgan.

"Roma" bilan bo'lgan bahsda "Portu" dastlab birinchi o'yindagi tafovutni yo'qqa chiqardi va qo'shimcha taymlarda penalti evaziga chorak final chiptasiga egalik qildi.

FC Porto

Tiquinho Soares - 26', Moussa Marega - 52'

Champions League Final Stage . 1/8-tur

07/03/2019, 01:00

1
:
3
Finished AET

Roma

Daniele De Rossi - 37'

Stadion: Estadio do Dragao, 49029 tomoshabin

Bosh hakam: Cuneyt Cakir

45'
90'
120'
18'  Hector Herrera
26'  Tiquinho Soares
26'  Moussa Marega
45'  Danilo Pereira
52'  Moussa Marega
52'  Jesus Corona
58'  Pepe
69'  Jesus Corona (Yacine Brahimi)
78'  Tiquinho Soares (Fernando Santos)
94'  Otavio (Hernani)
103'  Eder Militao (Maximiliano Pereira)
117'  Alex Telles
118'  Alex Telles
15'  Nicolo Zaniolo
37'  Daniele De Rossi
45'  Daniele De Rossi (Lorenzo Pellegrini)
55'  Rick Karsdorp
55'  Rick Karsdorp (Alessandro Florenzi)
58'  Edin Dzeko
77'  Ivan Marcano (Bryan Cristante)
81'  Lorenzo Pellegrini
96'  Lorenzo Pellegrini (Patrik Schick)
116'  Alessandro Florenzi

SHu tariqa kechagi o'yinlarda birinchi bahsda yutqazgan jamoalar yakunda chorak final masalasini hal etishdi.

Eslatib o'tamiz, kelasi haftada ECHL nimchorak final doirasidagi yana to'rtta o'yin o'tkaziladi. Unda "Bavariya" - "Liverpul" (0:0), "Manchester Siti" - "SHalke" (3:2), "Barselona" - "Lion" (0:0) va "Yuventus" - "Atletiko" (0:2) juftliklari chorak final chiptasi uchun kurashishadi.

Hozircha esa "Ayaks", "Tottenxem", "Manchester Yunayted" va "Portu" chorak finalga yo'l olishdi.

"Real", "Borussiya" Dortmund, PSJ va "Roma" jamoalari ECHLdagi ishtirokini nimchorak finaldayoq yakunlashdi.

Qiziq tarafi, ECHLning joriy mavsumidagi eng ko'p gol urgan (PSJ-20), eng ko'p darvozaga aniq zarba yo'llagan (PSJ-57), eng ko'p burchak zarbasini amalga oshirgan ("Real"-69) va eng ko'p aniq uzatmani ("Borussiya"-5231) amalga oshirgan jamoalar chorak finalga chiqa olishmadi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика