PSJ qiziqqan 21 yoshli futbolchi "Milan"ga o'tadi
10 okt 2018 21:16
Yangiliklar


PSJ qiziqqan 21 yoshli futbolchi "Milan"ga o'tadi
"Flamengo" yarim himoyachisi Lukas Paketa faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.
Malumotlarga ko'ra, 21 yoshli futbolchi uchun kurashda 35 mln evro va bonuslar taklif qilgan "Milan" g'olib chiqdi. PSJ ham "Flamengo"ga xuddi shunday taklif bilan chiqqan edi, ammo Paketa rossonerlar foydasiga qaror qabul qildi.
Paketa joriy haftada "Milan" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi, yanvarda esa yangi jamoasi safiga qo'shiladi.
Joriy mavsum futbolchi Braziliya A Seriyasining 24ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar