PSJ Pogbani sotib olmaydi
09 avg 2021 21:40
Yangiliklar
PSJ Pogbani sotib olmaydi
PSJ "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olish niyatida emas. Oldinroq Parij klubi shartnoma muddati yakunlanishiga atigi bir yil qolgan francuz futbolchisini sotib olishga yaqin turgani haqida xabar berilgandi.
Manbaning takidlashicha, hozirda Parij klubi Lionel Messining transferi ustida muzokara olib bormoqda, bu esa klub rahbariyatini Pogbaning transferidan voz kechishga majbur qildi.
Eslatib o'tamiz, Pogba 2016 yilda "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga 105 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunigacha amal qiladi va uni uzaytirilishi hozircha nomalum. Yarim himoyachi o'tgan mavsum APLda 26 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar