PSJ Mbappega qatiy shart qo'ydi
02 avg 2021 20:21
Yangiliklar
PSJ Mbappega qatiy shart qo'ydi
PSJ rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappaga o'z talabini malum qildi.
Xabarlarga qaraganda, klub rahbariyati futbolchi agar shartnomani uzaytirmasa, kelishuv muddati tugaguniga qadar zaxira o'rindig'ida qoldirilishini takidladi.
Eslatib o'tamiz, Mbappening PSJ bilan shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi va futbolchi uni uzaytirishdan bosh tortmoqda. Oldinroq Mbappe "Real"ga o'tishga rozi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar