Belgiyaning Balogun borasidagi qarorga qarshi appelyaciyasi rad etildi

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2026, 22:14
Folarin Balogunning diskvalifikaciyasini bekor qilish bo'yicha qaror qayta ko'rib chiqilmaydi.

Eslatib o'tamiz, AQSH terma jamoasi hujumchisi JCH-2026 1/16 finalida Bosniya va Gertsegovinaga qarshi kechgan bahsda (2:0) Tarik Muxaremovichning oyoq to'piga bosib olgani uchun VAR tekshiruvidan so'ng qizil kartochka olgandi. Keyinchalik Balogunning bir o'yinlik diskvalifikaciyasi bir yillik sinov muddati bilan to'xtatib turildi – endi AQSH hujumchisi 1/8 finalda Belgiyaga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Donald Tramp Janni Infantinoga ikki marta – Balogun chetlatilganidan so'ng va diskvalifikaciya to'xtatilganidan keyin qo'ng'iroq qilgani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik AQSH prezidenti FIFA rahbari bilan gaplashganini tasdiqladi.

Belgiya futbol federatsiyasi (RBFA) ushbu qaror ustidan shikoyat qilishga urindi, biroq uning appelyaciyasi rad etildi. FIFA Appelyaciya qo'mitasi belgiyaliklarning so'rovini "noo'rin" deb topdi, chunki RBFA "jarayonda ishtirok etayotgan tomon emas va shu sababli qaror ustidan shikoyat qilish huquqiga ega emas".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://x.com/AdamCrafton_/status/2074172435750850880