

Ushbu bahsni stadiondan bevosita 11802 nafar muxlis tomosha qildi. Shu tariqa, kechagi uchrashuv joriy mavsum Proliga bahslariga muxlislar tashrifi bo'yicha rekordni yangiladi. Bundan avvalgi eng yaxshi natija birinchi turda qayd etilgandi. O'shanda "TerDU" o'z maydonida "Lochin"ga qarshi bahs olib borgandi. Ushbu bahsga jami 7821 nafar muxlis tashrif buyurgandi.



