PSJ faqatgina bir shart evaziga Mbappe borasida "Real" bilan muzokaralarga kirishadi

Mirjalol Normatov
5 dek 2019, 21:10
"Real" PSJ futbolchisi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolashni istaydi.

"As" xabariga ko'ra, Parij klubi ayni damda Vinisius Juniorga qiziqish bildirmoqda. Oldinroq klub sport direktori Leonardo ushbu futbolchini jamoada ko'rishni istayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Agarda "Real" Kilian Mbappe transferiga Vinisius Juniorni qo'shishga tayyor bo'lsa, PSJ ham "qirollik klubi" bilan muzokaralarni davom ettiradi.

Qayd etish kerak, 20 yoshli fransiyalik futbolchining PSJ bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As