PSJ Emerining o'rniga o'zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan murabbiyni olib kelmoqchi
15 dek 2017 08:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/294406_original.jpg)
![](/upload/storage/294406_220.jpg)
PSJ Emerining o'rniga o'zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan murabbiyni olib kelmoqchi
PSJ portugaliyalik murabbiy Andre Villash-Boash bilan aloqaga chiqqan.
40 yoshli murabbiy ayni paytda hech qaysi klubda ishlamayapti. Uning so'nggi ish joyi Odil Ahmedov o'ynayotgan «SHanxay SIPG» klubi bo'lgandi.
PSJ Villash-Boashni Unai Emerining o'rniga olib kelishni rejalashtirmoqda. Klub sport direktori Anteru Enrike Boashning rejalaridan xabardor bo'lib turibdi.
Villash-Boash Evropa futboliga qaytmoqchi. Oldinroq u «Portu», «CHelsi» va «Tottenxem» klublarida ishlagan. Anteru Enrike va Villash-Boash «Portu»da birga ishlashgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar