So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  3 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  5 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

Pro-Liga. Dastlabki 3ta tur statistikasi Yangiliklar

Pro-Liga. Dastlabki 3ta tur statistikasi

Kecha bo'lib o'tgan uchinchi turning qoldirilgan "Dinamo" - "Xorazm" o'yini bilan Pro-Ligada uchinchi tur to'liq yakunlandi. Liga muxlislari etiboriga ayrim statistik malumotlarni havola etamiz.

Uchta turda jami 12 ta o'yin o'tkazildi. O'yinlarning 10 tasida mezbonlar, bittasida mehmonlar g'alaba qozondi. Faqat bitta o'yinda durang natija qayd etildi.

12 ta o'yinda jami 35 ta gol urildi. Har bir o'yinga o'rtacha 2.91 tadan gol to'g'ri keladi. Gollarning 28 tasi mezbonlar, 7 tasi mehmonlar hisobiga yozilgan. Bir o'yinda eng ko'p gol 3-turdagi "SHo'rtan" -"Turon" (3:2) o'yinida kiritilgan, eng kam gol esa 1-turdagi "Neftchi" - "Dinamo" (1:0) va 2-turdagi "Turon" - "Oqtepa" (1:0) o'yinlarida kiritilgan.



Jami 35 ta gollarning 12 tasi birinchi taymda, 23 tasi esa ikkinchi taymda urilgan. Beshta gol penaltidan urilgan.

Turdan turga gollar soni o'sib borayapti. Birinchi turda 10 ta, ikkinchi turda 11 ta, uchinchi turda esa 14 ta gol kiritildi.

Eng tezkor gol uchinchi turda "SHo'rtan" futbolchisi Bekzod Suyunov tomonidan Turon darvozasiga o'yinning 4- daqiqasida urilgan.

Bitta xet-trik qayd etildi. "Zomin" hujumchisi Eldor Karimov "SHo'rtan" bilan o'yinda uch marta gol urishga erishdi.



Uchta avtogol qayd etildi. Eng qizig'i har uchchala avtogol ham "Istiqlol" jamoasining raqiblari hisobiga yozildi. Ikkinchi turdagi "Dinamo" - "Istiqlol" o'yinida "Dinamo" futbolchilari Amirjon Safarov va Avaz Agaliev, uchinchi turdagi "Istiqlol" - "Zomin" o'yinida esa "Zomin" futbolchisi Javohir Komilov o'z darvozasiga gol urib "Istiqlol"ga yordam berib yuborgan.

Uchta turdan so'ng "Turon" va "SHo'rtan" jamoalari eng ko'p oltitadan raqiblar darvozasiga gol urgan bo'lsa, "Xorazm" jamoasi eng kam, atigi bitta gol urdi xolos. "Neftchi" jamoasi eng kam, bitta gol o'tkazib yubordi, "Xorazm" esa eng ko'p to'qqizta gol o'tkazib yubordi. Faqatgina "Neftchi" umuman mag'lubiyatga uchramadi, "Xorazm" esa har uchala o'yinda ham yutqazdi.




Farhodjon Uzoqov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика