So’nggi yangiliklar

02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  1 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0 23:16"Барселона" 17 ёшли франциялик иқтидорга қизиқмоқда  1 22:22"Ливерпуль" ПСЖ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи  5 21:484 та гол урилган Ўзбекистон U-17 ва Туркия U-17 ўртасидаги ўртоқлик ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 21:30Рафаэль Бенитес АПЛга қайтиши мумкин  4 20:25"Байер" футболчиси Ҳалил Коч: "Ўзбекистон кучли ва курашувчан жамоа экан"  12 19:51Садриддин Ҳасанов: "Бу ўйинда биз мураббийларнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  1 19:33Нурбек Сарсенбаев: "Бизга кучли рақиблар керак. Чунки жаҳон чемпионатидаги рақиблар бундан-да кучлироқ бўлишади"  5 19:20Ямал дербига қадар тикланмайди  8 18:56Ўзбекистон U-17 — Туркия U-17 ўртоқлик ўйинида дуранг  14 18:41"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Динамо"ни мағлуб қилди  2 18:24Россиялик собиқ футболчи Эрон термаси ҳақида: "Сайёҳлар жамоаси. Улар қандай қилиб жаҳон чемпионатига чиқди, ҳайронман"  38 17:58Жон Оби Микел ўзининг АПЛ рамзий термасини тузди  6 17:43"Ливерпуль" футболчиси жароҳат сабабли термаси ихтиёрини тарк этди  0

Birinchi davraning eng markaziy uchrashuvida kim g'alaba qozonadi? "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuviga prevyu Yangiliklar

Birinchi davraning eng markaziy uchrashuvida kim g'alaba qozonadi? "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuviga prevyu

Bugun Superliganing 11-tur o'yinlari davom ettiriladi. Toshkentda "Paxtakor" - "Navbahor" o'rtasida dahshatli o'yin kutib turibdi.

O'zaro o'yinlar tarixi

Hozirga qadar jamoalar chempionatda 66 uchrashuvda maydonga tushishgan. O'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 41ta bahsda zafar quchgan "Paxtakor", 12 bor raqib bilan durang o'ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 109 gol urilib, 51 to'p o'tkazib yuborilgan. 9 bahsda "sherlar" yirik hisobda ustun kelishgan. Ayni paytgacha Toshkentda bo'lib o'tgan 33 bahsning 27tasida "Paxtakor" zafar quchgan. 5ta o'yin durang bilan tugagan va bor yo'g'i bitta uchrashuvda mehmonlar g'alaba qozonishgan. "Navbahor"ning Toshkentdagi yagona g'alabasi 1995 yilda qayd etilgan va o'sha uchrashuvda "lochinlar" 2:1 hisobida zafar quchishgan. Toshkentda mezbonlar 70ta gol urishgan, raqib esa 20ta to'p bilan javob qaytara olgan. "Navbahor" jamoasi esa 66 uchrashuvda 13 marotaba g'alaba qozongan, 12 bor durang va 41 marotaba mag'lubiyatga uchragan

Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgan.



So'ngi to'qnashuv

Ikki azaliy raqiblarning so'ngi to'qnashuvi o'tgan yili avgustda ro'y bergan edi. Namanganda bo'lib o'tgan uchrashuvda "Paxtakor" g'alaba qozongan edi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda Dragan CHeran va Muhammadqodir Hamralievlarning gollari "sherlar"ga g'alabani taqdim etgandi. "Navbahor"ning goliga Toma Tabatadze mualliflik qilgan.



So'ngi o'yinlar


12.08.2023 

Superliga

"Navbahor" 1:2 "Paxtakor"

Gollar: CHeran 30, Hamraliev 44, Tabatadze 69


17.03.2023

Superliga

"Paxtakor" 2:1 "Navbahor"

Gollar: Sayfiev 2, CHeran 68, Abduholiqov 22


02.09.2022

O'zbekiston kubogi (1/4 final)

"Navbahor" 2:1 "Paxtakor"

Gollar: Azmiddinov 15, Iskanderov 17,51(P)


28.08.2022

Superliga

"Navbahor" 1:1 "Paxtakor"

Gollar: Iskanderov 47, Alijonov 52


01.04.2022

Superliga

"Paxtakor" 1:0 "Navbahor"

Gol: CHeran 83


Murabbiylar duelida ustunlik kimda?

Ikki jamoa bosh murabbiylari o'z faoliyati bor yo'g'i to'rt marotaba to'qnash kelishgan. Maksim SHackix hamda Samvel Babayan Superligada o'zaro 3 marta to'qnash kelgan. 1 bahsda durang qayd etilgan bo'lsa, ikki uchrashuvda SHackix g'alaba qozongan. Babayanning o'zaro uchrashuvlardagi yagona g'alabasi esa kubok bellashuviga to'g'ri keladi.



Jamoalarning holati va qayd etilayotgan natijalar

Bugungi uchrashuvdagi nominal mehmon va chempionlikka asosiy davogar "Navbahor" mavsumni stabil o'tkaza olmayapti. Samvel Babayan shogirdlari shu kunga qadar milliy chempionatimizda 9ta uchrashuvda ishtirok etib, 4ta g'alaba va 5ta durang qayd etishgan. "Lochinlar" ancha yaxshi tarkib yig'ishganiga qaramay, namanganliklar ko'p uchrashuvlarda ochko yo'qotishmoqda. "Olimpik", "Metallurg", "Surxon" va "Bunyodkor" jamoalariga qarshi kechgan bahsda "lochinlar" qimmatli ochkolarni yo'qotishdi. Musobaqada jadvalida "Navbahor" 17 ochko to'plab 3 o'rinni egallab turibdi.


Bosh murabbiy Maksim SHackixning so'zlariga ko'ra muammolar girdobida qolayotgan "Paxtakor" joriy mavsumda yaxshi o'tkaza olmayapti. Tarkib o'zgarishi va klubdagi ro'y berayotgan o'zgarishlarga qaramay, amaldagi chempion o'ziga o'xshamayapti. SHackix jamoasi joriy mavsum Superligada 9ta o'yinda ishtirok etdi va 4ta g'alaba, 3ta durang va 2 marotaba mag'lub bo'ldi. Jamoa 15 ochko bilan 6 o'rinda bormoqda.


Ular o'z jamoalariga qarshi

"Paxtakor" o'z rejalarini va maqsadlarini o'zgartirganidan xabaringiz bor. "SHerlar" etakchi futbolchilarini boshqa jamoalarga qo'yib yuborishdi. "Paxtakor" jamoasining haqiqiy etakchilari hisoblangan ikki nafar futbolchi Farrux Sayfiev va Odil Hamrobekovlar qishki transferlar oynasida aynan "Navbahor"ga qo'shilishdi. Bugun ular sobiq jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. "Paxtakor"ning "gegemon" davrining haqiqiy ramziga aylangan ikki futbolchi bugun "sherlar" darvozasiga yo'l topishga harakat qilishadi.



"Paxtakor" o'tgan mavsumdagi "fokus"ni yana takrorlaydimi?

"Paxtakor" jamoasi o'tgan mavsumni juda yomon boshlagan edi. Superliganing birinchi bahsida yosh "Olimpik"ga o'z maydonida 3:2 hisobida mag'lub bo'lgan SHackix shogirdlari, ikkinchi turda ham mag'lubiyatni qabul qilib olishgan edi, faqatgina endi safarda "Neftchi"ga qarshi kechgan uchrashuvda, hisob 2:1. Mavsumni ketma-ket mag'lubiyat bilan boshlagan "sherlar" ancha tanqid qilingandi, lekin uchinchi tur bahsida "Paxtakor" barcha tanqidchilarga munosib javob qaytarib, "Navbahor"ni o'z maydonida mag'lub etgan edi. So'ngi daqiqalarda Sanjar Quvvatov penaltini qaytarib jamoasining g'alabasini saqlab qolgan edi. O'sha uchrashuvdan so'ng "Paxtakor" chempionat doirasidagi bahslarda mag'lub bo'lmadi va bor yo'g'i bir marotaba durang qayd etdi. Ikkinchi davrani ham "Paxtakor" juda yomon boshladi, dastlabki uchrashuvda "Olimpik" taslim etilishiga qaramay, 15 karra O'zbekiston chempionlari sensacion tarzda kubok bahslarini tark etishdi va o'z o'yida "Neftchi"ga mag'lub bo'lishdi. Namangandagi o'tkaziladigan ikkinchi davra to'qnashuvidan oldin esa, ko'pchilik mezbonlar g'alabasini taxmin qilishgandi. Lekin "Paxtakor" iroda namoyish etib, safarda ham "Navbahor"ni mag'lubiyatga uchratdi. SHunday qilib, o'tgan mavsum amaldagi chempion ikki uchrashuvda ham azaliy raqibini 2:1 hisobida mag'lub etdi. "Navbahor"ga qarshi uchrashuvlarda qo'lga kiritilgan 6 ochko "Paxtakor"ga chempionlik poygasida katta yordam berdi.


"Paxtakor"ning mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaladimi?

Superliga doirasida "Paxtakor" "Navbahor"ga qarshi 12 o'yindan beri mag'lubiyatsiz seriya qayd etyapti. "Lochinlar"ning o'zaro bellashuvlarda oxirgi g'alabasi 2018 yilga to'g'ri keladi. O'shanda Igor Golbanning yagona goli Namangan klubiga 3 ochko taqdim qilgan edi. Samvel Babayan jamoasi bugun ushbu ananaga chek qo'yadimi?


Hakamlar

O'zbekiston Futbol hakamlari markazi (O'zFHM) tomonidan Superliga 11-tur bahslarida faoliyat yuritadigan rasmiylar ro'yxati elon qilindi. Unga ko'ra, mazkur turdan o'rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Abdurashid Xudoyberganov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, “lochinlar”ning “sherlar”ga qarshi kechadigan o'yini 16 iyun kuni Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida soat 20:00 da start oladi.


Ekspert fikri

11-tur eksperti, O'zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Ravshan Haydarov "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvida jamoalarning imkoniyatini quyidagicha baholadi:

- Turning markaziy o'yini. Mazkur omil ikki jamoani yig'inchoqlik bilan o'ynashga chaqiradi. "Paxtakor" oxirgi bahslarda sekin-asta o'ziga kelmoqda. Yoshlar barqarorlikka chiqib oldi. "Navbahor"da esa o'zi-o'zidan tajriba. Umuman olganda qiziq bahs bo'ladi. CHempionlik uchun kurashayotgan jamoalar qarama-qarshiligida natija asosiy planda turadi. Imkoniyatlar: 50/50

Abdulvosit Bektemirov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика