So’nggi yangiliklar

14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  1 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  6 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  8 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona"

Oliy liganing 12-turida "Qo'qon-1912" o'z uyida "So'g'diyona"ni qabul qiladi.

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – So'g'diyona (Jizzax)
16 iyun 2016. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.

Bu ikki klub o'zaro 18 bor kuch sinashishgan. Natijalar “So'g'diyona”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Jizzax klubi 9ta o'yinda g'oliblik nashidasini surgan. 3ta o'yin durang bilan yakunlangan. “Qo'qon-1912” bu raqibni olti bor mag'lub etgan. To'p kiritish borasida ham ustunlik “So'g'diyona” tomonida – 30:21. O'zaro o'ynlarda “So'g'diyona” 30 ochkoni qo'lga kiritgan. “Qo'qon-1912” esa hozirgacha 21 ochko ishlab olgan.

“So'g'diyona”ning “Qo'qon-1912” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. Qo'qonliklarning eng yirik g'alabasi esa – 4:2.

O'tgan yil birinchi davrada “So'g'diyona” o'z uyida irodali g'alabaga erishgan. Uchrashuvdagi hisobni Nodir Qo'ziboev ochgandi. Suxrob Qobilov penaltidan hisobni tenglashtirgandi. Qizig'i ikkinchi davrani Qobilov “Qo'qon-1912” safida boshladi. Akmal Abdurahmonovning urgan goli Jizzax klubiga 3 ochko keltirgandi – 2:1. Vodiyda ham “So'g'diyona” 3 ochkoga ega bo'lgan. Muzaffar Muzaffarov, Sanjar Rihsiboev, Jasur Hakimovning gollarida mezbonlar safida Otabek Haydarov javob bergandi – 1:3.
 
Qo'qonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
05.11.2015 Qo'qon-1912 - So'g'diyona 1:3
11.05.2002 Qo'qon-1912 - So'g'diyona 1:0
12.09.2000 Qo'qon-1912 - So'g'diyona 3:1
30.04.1999 Qo'qon-1912 - So'g'diyona 2:1
21.06.1998 Qo'qon-1912 - So'g'diyona 4:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” safarda “Qo'qon-1912”ni faqat bir marta mag'lub eta olgan. Vodiy klubi o'z uyida 6 marta g'alabaga erishgan. Ikkita uchrashuvda durang qayd etilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика