So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. ПСЖ "Сиэтл Саундерс"ни таслим қилди ва гуруҳда биринчи ўринни эгаллади, "Атлетико" ғалаба қозонган бўлсада уйга қайтади  3 01:54“Навбаҳор” ПФК раҳбариятида ўзгариш юз берди  1 01:20"Арсенал" словакиялик футболчи учун 70 млн. евро тўлашга тайёр, аммо "Лейпциг" 80 млн. евро сўраяпти  1 00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  3 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  3 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  73 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  37 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Olmaliq" Yangiliklar

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "Olmaliq"

Teglar :  Qo'qon-1912Olmaliq
Oliy liganing 20-turida "Qo'qon-1912" klubi o'z uyida "Olmaliq"ni qabul qiladi.

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Olmaliq (Olmaliq)
26 avgust 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 17:00
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Pulatov (Toshkent), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

“Olmaliq ” va “Qo'qon-1912” klublari shu kunga qadar oliy ligada faqat bir marta to'qnash kelishgan. “Qo'qon-1912” jamoasi so'nggi bor 2003 yil elitada ishtirok etgan. “Olmaliq” klubi esa 2008 yildan buyon oliy ligada o'ynab kelmoqda.

Dastlabki davrada Olmaliqda o'tgan bahsda Orif Mamajonov hisobni ochgandi. Bunga maydon egalari safida Nemanya Yovanovich hamda Zohir Pirimov javob berishib "Olmaliq"qa irodali g'alaba keltirishgan edi - 2:1.

Igor SHkvirin boshchiligidagi ikkinchi davrani safarda “Paxtakor”ga qarshi bahs bilan boshladi – 1:2. 17-turda safarda “Nasaf”ga imkoniyat boy berildi – 0:2. So'ngra “Andijon” safarda mag'lub etildi – 4:2. Nihoyat o'tgan turda jamoa o'z uyida “Mashal”ga qarshi o'yin o'tkazib 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. "Olmaliq" 19ta o'yindan 31 ochko to'plab musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.

“Qo'qon-1912” jamoasi ikkinchi davraning ilk turini o'z uyida “Dinamo”ga qarshi o'tkazib 3:1 hisobida zafar quchdi. Keyingi turda “Paxtakor” mehmoni bo'lib yutqazib qo'ydi - 1:4. 18-turda qo'qonliklar o'z maydonlarida “Nasaf”ga yutqazib qo'yishdi – 1:3. O'tgan turda Rustam Abdullaev jamoasi Andijonda “Andijon”ni mag'lub etdi – 2:1. "Qo'qon-1912" 19 turdan keyin 17 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика