Prevyu. "Lokomotiv" - "Qizilqum"
16 may 2014 09:28
Yangiliklar
Prevyu. "Lokomotiv" - "Qizilqum"
Navoiyning "Qizilqum" klubi Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'ladi.
Lokomotiv (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy)
16 may. Toshkent. TTYMI stadioni. 18:00
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), V. Lushin (Guliston), A. Mo'minov (Toshkent viloyati)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 18 bor kesishgan. Natijalar tenglikni ko'rsatmoqda. Ikkala jamoa 7 martadan g'alabaga erishishgan Yana 4ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati esa “Lokomotiv” foydasiga. Toshkentliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 21ta gol kiritib o'z darvozalaridan 15 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “temiryo'lchilar” ham, “Qizilqum” ham 25tadan ochko qo'lga kiritgan.
“Lokomotiv” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi poytaxtliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:1ga teng.
O'tgan yil Toshkentda tashkil etilgan o'yinda hisobni mehmonlar vakili Farrux SHotursunov ochgandi. Bunga Ivan Nagaev va Akmal Xolmatovning (2ta) gollari bilan javob bergan “temiryo'lchilar” irodali g'alabani tantana qilishgan – 3:1. Navoiydagi bahs taqdirini 90+4-daqiqada Xurshid Yo'ldoshev tomonidan urilgan yagona gol hal qilgandi – 1:0.
Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
31.05.2013 Lokomotiv - Qizilqum 3:1
25.06.2012 Lokomotiv - Qizilqum 0:1
21.10.2010 Lokomotiv - Qizilqum 1:0
07.08.2009 Lokomotiv - Qizilqum 2:1
16.08.2008 Lokomotiv - Qizilqum 2:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” maydonida bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 6tasida maydon egalari uch ochkoga ega bo'lishgan. Bir marta durang qayd etilgan va “Qizilqum” 2 bora Toshkentdan g'olib sifatida qaytgan.

Fikrlar